9 iyun kuni «ASIA ALLIANCE BANK» Bosh ofisida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar simfonik orkestriga zamonaviy har jihatdan qulay avtobusning kalitlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Orkestr, uning barcha ishtirokchilari kabi, juda yosh boʻlishiga qaramay ijrochilik san’ati an’analarini davom ettiruvchi - ommabop va xalq sevadigan musiqiy jamoa nomiga sazovor boʻlgan. Shubhasiz, jamoaning ijodiy rejalar ulkan, konsert jadvali juda boy, shuning uchun bankning sovgʻasi orkestrga vatanimizning barcha goʻshalariga borib, insonlarga chinakam musiqa bilan ajoyib uchrashuvlar lahzalarini baxsh etish, jahon klassika durdonalaridan va ijrochilarning yuqori darajadagi mahoratidan zavqlanish imkonini beradi!

Ta’kidlash lozimki, artistlar qarzdor boʻlib qolmadilar, bunday muhim sovgʻani olib, ular javob tariqasida bank ichida improvizatsiyalangan fleshmob oʻtkazib, bankning barcha xodimlari va tashrif buyurganlar uchun ajoyib javob tuhfasiga aylangan bir necha musiqiy kompozitsiyalarni ijro qilib berdilar!