Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3303
  • Yangilash: 3 June 2024, 14:27

Kollegial organlar

Bankda quyidagilardan iborat korporativ boshqaruv tuzilmasi faoliyat yuritadi:

1. Bank boshqaruv organlari:

Aksiyadorlar umumiy yig`ilishi – Bank oliy boshqaruv organi.

Bank Kuzatuv kengashi - Bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonunchilik va Bank Ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal qilish - bundan istisno. Bank Kuzatuv kengashi huzurida quyidagi ikkita qo`mita faoliyat yuritadi:

  • Auditorlik qo’mitasi. Audit bo’yicha qo’mitaning vazifalari: mustaqil auditorlar nomzodlarini Bank Kuzatuv kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi uchun taqdim etish; mustaqil auditorlar bilan aloqada turuvchi shaxs sifatida xizmat qilish auditorlik tekshiruvlarining hisobotlarini olish va ko’rib chiqish; Bank Kuzatuv kengashi oldida auditorlardan olingan ma’lumotlar bo’yicha hisobot berish.
  • Xatarlar nazorati qo’mitasi. Bank xatarlarini nazorati bo’yicha qo’mitaning vazifasi Bankning moliyaviy ahvoliga xatarlarning, ya’ni Bank faoliyatida yuzaga keladigan kredit, valyuta, foizlar, operatsion va boshqa xatarlarning ta’sirini kuzatish, Bank tomonidan ushbu xatarlarni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rish va hisobga olishdan iborat.

Bank boshqaruvi – Bankning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.  Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va Bank Kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan masalalar bo`yicha qaror qabul qilish huquqiga ega emas.  

2. Bank ichki nazorati:

Ichki audit boshqarmasi – Bank boshqaruvi va uning tuzilmasini ular tomonindan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ta’sis va ichki hujjatlarga rioya etilishi, buxgalteriya va moliya hisobotlarda ma`lumotlarning to’liq va ishonchli aks ettirilishi, xo`jalik operatsiyalarni amalga oshirish qoida va tartibi, aktivlar butligi hamda korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etilishini ta’minlanishi bo`yicha tekshirishlar va monitoring o`tkazish orqali nazorat qilish va baholash bo`yicha ichki audit funksiyalarini amalga oshiradi.

Korporativ maslahatchi – Bankda korporativ qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB KUZATUV KENGASHI
Kengash a’zolari:

  • Mustafaev Otabek Sadikovich – “FINANEX” MChJ Direktori;
  • Gurko Aleksander Olegovich – “GLONASS” NSh Kengash Raisi;
  • Mkrtchyan Ornella-Afina – Gor Investment Limited direktori;
  • Abdukaxorov Ikram Abduxalikovich – “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kuzatuv kengashi a’zosi;
  • Tyons Karsten Bodo – Moliyaviy konsultant.
Kengash a’zolari mukofotlanishi:

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Kengashi to’g’risida Nizom”ning 6.7 bandiga asosan Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarori bo'yicha Bank kengashi a'zolariga ular o'z majburiyatlarini ijro etgan davr uchun mukofot to'lanilishi mumkin. Bank kengashi a'zolariga mukofot to'lash to'g'risidagi qaror mustaqil tashkilot tomonidan tasdiqlangan korporativ boshqaruv tizimining qoniqarli bahosi va Bank faoliyati moliyaviy natijalarining ijobiy ko'rsatkichlari mavjud bo'lganda qabul qilinishi mumkin.


“ASIA ALLIANCE BANK” ATB ICHKI AUDIT BOSHQARMASI

Alixanov O’ktam Xakimovich

Ish joyi va lavozimi

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasi boshlig’i

Tug’ilgan yili

1973

Tug’ilgan joyi

O`zbekiston

Ma’lumoti

Oliy, 1995 yilda Toshkent moliya institutini; 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan Moliya va kredit; Bank ishi

Mutaxassisligi

Moliya va kredit; Bank ishi

Mehnat staji

1995 yildan

Egallab turgan lavozimda mehnat staji

2011 yildan


Umarov Rustam Farmonovich

Ish joyi va lavozimi

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasining buxgalteriya va amaliyot nazorati tizimlarining adekvatligi bo’lim boshlig’i

Tug’ilgan yili

1973

Tug’ilgan joyi

O`zbekiston

Ma’lumoti

Oliy, 1997 yilda Toshkent moliya institutini; 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan (magistr)

Mutaxassisligi

Buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati naorati va tahlili; Bank ishi

Mehnat staji

1987 yildan

Egallab turgan lavozimda mehnat staji

2012 yildan


Baygildin Ildar Gumerovich

Ish joyi va lavozimi

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Ichki audit boshqarmasining moliya hisoboti va bank amaliyotlari auditi bo’lim boshlig’i

Tug’ilgan yili

1956

Tug’ilgan joyi

O`zbekiston

Ma’lumoti

Oliy, 1997 yilda Toshkent temiryo’l transport muhandislari institutini tamomlagan

Mutaxassisligi

Buxgalteriya hisoboti

Mehnat staji

1977 yildan

Egallab turgan lavozimda mehnat staji

2011 yildan

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB BOSHQARUVI
Boshqaruv a’zolari:

  • Abduazimov Umidjon Abduazim o‘g‘li – Boshqaruv Raisi;
  • Norkulov Obidjon Odilovich – Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Mansurov Akmal Shuhratovich – Boshqaruv Raisi o'rinbosari;
  • Xodjaev Ravshanjon Rustamovich – Bosh hisobchi - Buxgalteriya hisobi va hisobotlari boshqarmasi boshlig‘i;
  • Daniyelyan Gayane Feliksovna – Yuridik boshqarmasi boshlig‘i;
  • Boltayev Ixtiyor  – G`aznachilik boshqarmasi boshlig‘i;
  • Suyunov Farrux Farxodovich - Komplayens nazorati boshqarmasi boshlig'i.

  • Boshqaruv Raisi va boshqaruv a’zolari mukofotlanishi:

    Boshqaruv Raisi va boshqaruv a’zolariga mehnat haqi, shu jumladan mukofot va kompensatsiyalar to`lanishi O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va kollektiv shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda Boshqaruv Raisi va boshqaruv a'zolariga Bank boshqaruv kollegial organlariga a’zoliklari uchun qo`shimcha haq to`lanmaydi.

    Asosiy Biz xaritada
    Biz bilan bog’lanish
    Izlash
    Menyu
    Aloqa markazi
    (+998 71) 231-60-00

    Ish tartibi: 24/7
    Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
    (+998 71) 231-60-67
    Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
    Ishonch telefoni
    (+99871) 231-60-76
    Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
    Elektron pochta
    Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X