Umumiy shartlar
- Sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 15 foizidan kam bo’lmagan miqdorda;
- Ipoteka krediti maksimal miqdori Toshkent shahrida 480.0 mln. so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshganda sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun:
- Kredit summasidan qat’iy nazar sotib olinadigan kvartira umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda.
Kredit hisobiga sotib olinadigan ko’p qavatli uydan kvartira Qarz oluvchining nomiga o’tkazilib, garovga taqdim qilingandan so’ng: Kredit hisobiga sotib olinadigan ko’p qavatli uydan kvartira.
Ushbu sotib olinadigan ko’p qavatli uydan kvartira ta’minot sifatida kredit miqdorining 117,6 foizdan kam bo’lmagan qiymatda garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
Bunda, ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshgan qismi bo’yicha ta’minot kreditning 125 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Bankka aloqador bo’lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo’yicha ta’minot kreditning 130 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
2. Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan investision shartnoma;
3. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning (mavjud hollarda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Daromadlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularni tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin;
4. O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
5. Ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
6. Qarz oluvchi tomonidan boshlang’ich badal shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
8. Zarur hollarda qo’shimcha hujjatlarlar talab etilishi mumkin.
1.Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha bo’lgan qismi uchun: yillik - 20.0%;
2. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshgan qismi uchun: yillik - 25.0%.
Ushbu stavka kreditning to’liq davri uchun amal qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag`lari hisobidan qayta moliyalashtirilgandan so’ng kreditning foiz stavkasi:
1. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha bo’lgan qismi uchun - O’zbekiston Resublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 3%.
Kredit muddati:
1. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mgacha, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mgacha qismi uchun: 12 oy imtiyozli davr bilan, 240 oydan oshmagan muddatga. 2. Ipoteka kreditining Toshkent shahrida 480.0 mln.so’mdan, Buxoro shahrida 380.0 mln.so’mdan oshgan qismi uchun: Imtiyozli davrsiz, 180 oydan oshmagan muddatga.
Ushbu shartlar asosida kredit ajratish bo‘yicha qaror qilish vakolati Kreditlarni ma’qullash boshqarmasi Jismoniy shaxslar anderraytingi bo‘limiga beriladi.
Qarz oluvchi dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi lozim. Bunda, qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2026-yilning 1-dekabriga qadar ipoteka krediti ajratilganda, oxirgi bir yil davomida 90+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim.
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda, oxirgi uch yil davomida: 30+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 10 tadan, 60+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 5 tadan oshmasligi lozim;
90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
MIB joriy qarzdorligi bo’lmasligi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.