Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 4936
  • Yangilash: 2 Avgust 2023, 12:32

Xorijiy kredit liniyalari








XORIJIY LINIYALAR BO‘YICHA KREDIT OLISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLARNING BAZAVIY RO‘YXATI

Ushbu ro‘yxat yakuniy bo‘lmaganligi bois Bank qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin:

1. Kredit miqdori, foydalanish muddati, kredit maqsadi, kredit ta’minoti ko‘rsatilgan holdagi Kredit olish uchun ariza;

2. Kreditni olish uchun ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror taqdim etilib, ism sharifi qo‘lda to‘liq yozilgan bo‘lishi hamda imzo qo‘yilgan bo‘lishi lozim).

3. Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

4. Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi Guvoxnoma;

5. Litsenziya nusxasi;

6. 2000 yil 25 maydagi 73-II sonli “Ekologik xulosa to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan Ekologik ekpertiza;

7. Biznes reja qo‘yidagi majburiy ko‘rsatmalar bilan:

•   Moliyalashtirish davrida hisob raqamga tushadigan pul mablag‘lari (pul oqimlari);

•  Buyurtma portfeli tizimi;

•  Bank tomonidan molyailashtirilgan mablag‘lar hisobiga bozorda taklif etilayotgan xizmatlar, ishlab chiqarilayotgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot;

•  Direktor va hisobchi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (ish staji, ta’lim);

•  Korxona kichik biznes sub’ekti tarkibiga kirishi yoki kirmasligi to‘g‘risida;

•  Kredit olingandan so‘ng nechta yangi ish o‘rni yaratishi to‘grisida.

8. Oxirgi hisobot topshirish davridagi Soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

•  Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

•  Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

9. Oxirgi hisobot topshirish davridagi operativ buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

•  Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

•  Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

10. Oxirgi 3 yil uchun auditorlik xulosasi.

11. Tovar va materiallarni sotib olish uchun shartnoma nusxalari.

12. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi kredit hisobiga sotib olinishi ko‘zda tutilayotgan shartnoma nusxalari

13. Tovar realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha shartnoma nusxalari.

14. Xalqaro narxlar muvofiqligi bo‘yicha shartnoma bilan sotib olinayotgan uskunaning “Uzstandart” agentligida akkredatsiyadan o‘tgan mustaqil konsalting kompaniyasining ekpert xulosasi.

15. Ma’lumotnoma:

•   Boshqa tashkilotlarni shakllantirishda o‘z kapitali bilan ishtiroki/ishtirok etmasligi to‘g‘risida;

•   Boshqa kreditorlarda qarzdorligi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida;

• Boshqa banklarda saqlanayotgan balansdan tashqari majburiyatlari va bo‘sh turgan pul mablag‘lari mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida;

•   Xodimlar soni va kichik biznes sub’ektiga kirishi to‘g‘risida;

16. Agar boshqa banklarda hisob raqami mavjud bo‘lsa, boshqa bank ma’lumotnomasi:

•   Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida;

•  Boshqa bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risida (kreditlar mavjud bo‘lsa, u bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida)

•   Bankda barcha hisob raqamlaridagi qoldiq bo‘yicha;

•   Milliy va xorijiy valyutadagi debet va kredit aylanmasi;

17. Eksport shartnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda boshqa bankdan ushbu shartnomalar ijrosi bo‘yicha yoki ular bo‘yicha majburiyati mavjud emasligi to‘g‘risida;

18. Byudjet oldida qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida DSI ma’lumotnomasi.

Mol-mulk garovi bo‘lgan holatda (Qimmatli qog‘ozlar istisno holatda)

1. Ta’minot uchun taqdim etilayotgan garovning mustaqil baxolovchi tashkilot tomonidan bozor qiymati to‘g‘risidagi hisoboti;

2. Garovni taqdim etish bo‘yicha ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror taqdim etiladi).

3. Egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar:

•   Binoga (kadastr hujjatlari);

•   MAvto transport vositalariga (texnik pasport);

•   MAsbob-uskunalarga (shartnoma, BYuD, tovarni olib kirish uchun kartochka yoki hisob fakturasi);

4. Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

5. Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi Guvoxnoma;

6. Oxirgi hisobot topshirish davridagi buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

•   Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

•  Asosiy vositalar rasshifrovkasi.

7. Imzo namunalari kartochkasi;

8. Garov taqdim etuvchi tomonidan quyidagi ma’lumotnomalar:

•   Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida;

•   Boshqa bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida (kreditlar bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida);

•   Bankda barcha hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari qoldig‘i bo‘yicha.

Kafillik taqdim etilgan holatlarda:

•  Oxirgi hisobot topshirish davridagi buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

•  Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

•  Debitor va kreditor qarzdorlik rasshifrovkasi (90 kundan oshgan qarzdorlik uchun dalolatnoma);

•  Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

•  Oxirgi hisobot topshirish davridagi operativ buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

•  Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

•  Debitor va kreditor qarzdorlik rasshifrovkasi (90 kundan oshgan qarzdorlik uchun dalolatnoma);

•  Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

Ma’lumotnoma:

•   Boshqa tashkilotlarni shakllantirishda o‘z kapitali bilan ishtiroki/ishtirok etmasligi to‘g‘risida;

•   Boshqa kreditorlarda qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risida;

•  Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

•  Kafillik berish uchun ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror). (Imzo namunalari kartochkasi).

•  Kafilning hisob-raqami mavjud bo‘lgan bankdan Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida, bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida (kreditlar bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida), Bankda barcha hisob raqamlaridagi qoldiq bo‘yicha Bank ma’lumotnomasi:


Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X