Umumiy shartlar
B) Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining alohida sof daromadi BHMning 6 barobaridan kam bo’lmasligi lozim;
C) Qarz oluvchining bank va boshqa banklarda mavjud barcha mikroqarz mablagʻlari qoldigʻi hisobga olingan holda jami qarzdorlik qoldigʻi 100 mln. soʻmdan oshmasligi lozim.
B) Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
C) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
D) Ijtimoiy soliq to‘layotganligini tasdiqlovchi hujjat (yoki ma’lumotnoma);
E) Mikroqarz ajratish bo‘yicha tegishli hokim yordamchisining tasdiqlangan ijobiy tavsiyanomasi talab etiladi. F) Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to’g’risidagi hisoboti (kredit mol-mulk garovi asosida ajratilganda);
G) Bankning mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto sur’atlari bilan (kredit mol-mulk garovi asosida ajratilganda)
- Qarz oluvchining bank va boshqa banklarda mavjud barcha mikroqarz mablagʻlari qoldigʻi hisobga olingan holda jami qarzdorlik qoldigʻi 100 mln. soʻmdan oshmasligi lozim;
- Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi/Kafilning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
- Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim;
- Mikroqarz kafillik shartlari asosida taqdim etilganda, skoringdan o‘tish bali 490 ball etib belgilansin;
- Kredit byurolaridan olingan so‘nggi 3 yil muddatdagi kredit tarixi ijobiy bo‘lishi lozim. Bunda- 30+ 10 tagacha yo‘l qo‘yiladi;
60+ 5 tagacha yo‘l qo‘yiladi;
90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikroqarz «Mahalla farovonligi» – jismoniy shaxslarga o'z bizneslarini boshlash uсhun qulay yechim.
Kredit mustaqil tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, kambag'allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish orqali daromadli biznesga keng yo'l ochish, sinovdan o’tgan mijozlarni qo’llab-quvvatlab, ulаrni kichik va o'rta biznes darajasiga olib chiqish, faol tadbirkorlar ishtirokida biznes faoliyatini kengaytirish, ijtimoiy og'ir mahallalar faoliyatini tubdan isloh qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan loyihalari moliyalashtirish uchun mo’ljallangan.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.