Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

Biznes uchun kreditlar

Yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyеktlari (XK, MCHJ, QK, YaTT, XT, va hk.) uchun

  • yillik 27,99% dan 32% gacha
    Foiz stavkasi
  • 60 oygacha
    Kredit muddati
  • yuridik shaxslar uchun - 3,5 mlrd so'mgacha, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1 mlrd so'mgacha
    Kredit miqdori
ico

«BIZNES IPOTEKA» – yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyеktlari (XK, MCHJ, QK, YaTT, XT, va hk.) uchun

Umumiy shartlar

Kredit maqsadi
tаdbirkоrlik fаоliyatini kеngаytirish vа rivоjlаntirish mаqsаdidа birlamchi hamda ikkilamchi bozordan turar va noturar bino-inshootlar
Kredit valyutasi
so’m
Kredit miqdori
yuridik shaxslar uchun - 3,5 mlrd so'mgacha, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1 mlrd so'mgacha
Dastlabki to'lov
dastlabki va notarial oldi-sotdi shartnomasi qiymatining 25 foizidan kam bo'lmagan
Foiz stavkasi
yillik 27,99% dan 32% gacha
Kredit muddati
60 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank filiali
Berish shakli
kredit mablag'lari mijozning ssuda hisobvaragidan pul mablag'larini o‘tkazish yo‘li orqali ajratiladi.
Kredit ta'minoti
kredit hisobiga sotib olinayotgan ko’chmas mulk, dastlabki oldi-sotdi shartnomasi qiymatining 70 foizidan oshmagan miqdorda garov sifatida rasmiylashtiriladi ta’minotning yetmagan qismi uchun qo’shimcha mol- mulk garovi va/yoki sug’urtalash shartlari Bank uchun maqbul bo’lgan Sug’urta kompaniyasining kredit qaytmasligi xatarini sugurtalash polisi taqdim etilishi mumkin
Imtiyozli davr
ha
8 oy muddatgacha
To'lov usuli
differentsial, annuitet
To'lovlar davriyligi
oylik
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
1. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
2. Kreditlar bo‘yicha ohirgi 12 oy ichida:
30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligi;
3. Nazorat asosida o‘zaro aloqador korxonalarining "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
4. Nazorat asosida qarz oluvchini kredit tarixi to'g'risidagi (KATM) maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
5. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida bugungi kunda amaldagi kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va kreditga hisoblangan foiz qarzdorliklari bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatlarini uzaytirish holatlari bo‘lmasligi;
6. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan/mavjud majburiyatlari boyicha belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari (umumiy jihatdan bajarilmaganligi, boshqa holatlari ya'ni muddatida bajarilmaganligi mustasno) mavjud bo‘lmasligi;
7. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi);
8. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
9. Ohirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud bo‘lgan va daʼvo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqilib, rad etiladi;
10. Sud jarayonidagi kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;
11. Balansdan tashqari hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi.
Kredit berish tartibi
1. Qarz oluvchi tomonidan sotib olinishi rejalashtirilgan ko'chmas mulk bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti taqdim etiladi. Baholash hisoboti qonun talablariga javob bermagan yoki baholovchi tomonidan belgilangan mulk qiymatining bozor bahosiga to’g’ri kelishiga shubha tug’ilgan hollarda, boshqa mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan tavsiyaviy xulosa olinishi mumkin;
2. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida dastlabki oldi-sotdi shartnoma rasmiylashtiriladi. Dastlabki va notarial oldi-sotdi shartnomasi miqdori hisobotda ko‘rsati1gan miqdordan ko‘p bo‘lishiga yo‘1 qo‘yilmaydi. Bunda oldi-sotdi amaliyotlari notarial tartibda amalga oshirilishi shart;
3. Kredit mahsulotini ajratish ma'qul1anishidan oldin kredit hisobiga sotib olinayotgan ko'chmas mulk Bank tarkibiy bo'linmasi (Amaliyot boshqarmasi/MBXO) xodimlari tomonidan joyiga chiqib o'rgani1adi, mijoz bilan kelishgan holda dastlabki tavsiyaviy garov bahosi miqdori belgilanadi;
4. Kredit ajratilishi ma’qullangandan so’ng kredit hisobiga sotib olinayotgan ko'chmas mulkning garov qiymati Bankning ichki me'yoriy xujjatlari talablariga asosan aniqlanadi va tegishli baholash dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi;
5. Qarz oluvchi tomonidan dastlab boshlang‘ich badal to‘lovi amalga oshiriladi, kredit shartnomasi imzolanadi hamda Bankning tarkibiy bo'linmasi (Amaliyot boshqarmasi/MBXO) rahbariyati tomonidan kafolat xati taqdim etiladi. Ushbu kafolat xatiga asosan ko’chmas mulk qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilib, o'rnatilgan tartibda garovga taqdim etiladi.
6. Kredit hisobiga sotib olinayotgan ko'chmas mulk bo‘yicha Qarz oluvchi va Bank o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasi asosida notarial tarzda garov shartnomasi rasmiylashtiriladi, garov mulkiga tegishli ta’qiq qo’yiladi va shundan so'ng kredit mablag‘lari ajratiladi.
Kerakli hujjatlar
yuridik shaxslar uchun - krеdit аrizаsi, tа'sis hujjаtlаri, kоrхоnа rаhbаriyati vа tа'sischilаri mа'lumоtlаri, krеdit оlish vа/yoki gаrоv tа'minоtini tаqdim etish yuzаsidаn tа'sischilаr rоziligi/qаrоri; bоshqа bаnklаrdаgi hisоb rаqаm аylаnmаlаri, оlingаn mаjburiyatlаr mа`lumоtlаri.
yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlаrdаn tаlаb etilаdigаn hujjаtlаr - krеdit аrizаsi, guvоhnоmа, pаspоrt nusхаsi, fаоliyat ko`rsаtаyotgаn jоyi yuzаsidаn tаsdiqlоvchi hujjаtlаr;
mijоz tоmоnidаn shаkllаntirilgаn vа pul оqimlаri prоgnоzi ko`rsаtilgаn hоldа krеdit mаblаg`lаrining qаytаrilishini аsоslаb ko`rsаtib bеruvchi hisоb kitоblаr hаmdа lоyihаni аmаlgа оshirish bilаn bоg`liq bоshqа hujjаtlаr
Kredit berish va xizmat ko'rsatish uchun komissiya
talab qilinmaydi
Qo'shimcha shartlar
1. Yaqin qarindoshlar o‘rtasida oldi - sotdi shartnomalari bo‘yicha ipoteka kreditlari ajratilishi (ota, ona, aka, uka, opa, singil, bobo, buvi va nabira) Shuningdek, sotib olinayotgan uy-joyning hozirda egalik qilayotgan sotuvchiga avvalgi egasidan egalik huquqi o‘tganligiga (sotuvchiga uy-joyni sotgan, xadya qilgan yoki meros qoldirgan fuqaro) 1 yil to‘lmagan bo‘lsa, eski egasi qarz oluvchi bilan qarindoshlik darajasi o‘rganiladi va yaqin qarindoshligi aniqlansa ipoteka kreditlari ajratilishi taqiqlanadi.
2. Kredit ta'minoti sifatida kafilligi taqdim etilayotgan tadbirkorlik subyektlarining hamda garovga qo‘yuvchilarning "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida 2-son1i kartoteka qarzdorligi hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi (Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi bundan mustasno) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmas1igi lozim;
3. Ushbu kredit mahsuloti orqali kredit mablag‘lari sug‘urta kompaniyasi kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi mukofot to‘lovi, noturar bino-inshootlar va turar joylar bosh1ang‘ich to‘lovi amalga oshirilgandan so‘ng hamda noturar bino-inshootlar va turar joylarni o'rnati1gan tartibda garovga taqdim etilgandan so'ng ajratiladi hamda mazkur shartlar kredit shartnomasi bandlariga ko‘rsatib o‘ti1ishi lozim;
4. Qurilishi tugallanmagan bino-inshootlar, parrandachilik va issiqxona komplekslari, bekatdagi do'konlar, molxona binolari, bog'lar, ko'p qavatli turar joyning alohida holatdagi yerto'lasi (bırinchi qavat bilan birgalikda garovga taqdim etish holatlari bundan mustasno) kredit va garov obyekti sifatida ko'rilishiga yo’1 qo'yi1maydi;
5. Ko'chmas mulklarni auksion orqali sotib olishga yo'l qo’yilmaydi;
6. Kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi o'rganilmaydi, kredit hisobiga sotib olingan ob'yektning garovga taqdim etilishining o'zi asos bo'ladi;
7. Qarz oluvchini "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tizimida faqatgina sug'urta polisi ta'minoti asosida berilgan kreditlar miqdori umumiy qiymatda 500,0 mln.so'mdan oshmasligi lozim. Shuningdek nazorat asosida bir qаrzdоr yoki o`zаrо аlоqаdоr qаrzdоrlаr guruhigа аjrаtilgаn krеditlar bilаn birgаlikdа hisоblаngаndа ta'minotida faqatgina sug'urta polisi bo'lgan umumiy kreditlari qoldig'i 1,0 mlrd.so'mdan oshmasligi lozim.
8. Kredit miqdori yuqorida belgilangan limitlardan ortiq bo‘lgan, foiz stavkasi mazkur mahsulot Pasportida belgilangan miqdorlardan past bo‘lgan va yoki kreditlash shartlari mazkur kredit mahsuloti Pasportida ko'satilganidan boshqacha bo'lgan buyurtmanomalar Modulli kreditlar sifatida qabul qilinmaydi.
Muddatidan oldin to'lash
mumkin
Limitni oshirish
mumkin
Limitni muddatidan oldin yopish
mumkin
Sug'urta
talab qilinmaydi
Eslatma
yurudik shaxslar uchun – 3,5 mlrd so’m miqdorigacha, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun – 1 mlrd so’mgacha
Kreditingizni hisoblang
Iste'mol krediti kalkulyatori kreditdan foydalanish muddati uchun ustama to'lovning taxminiy miqdorini va oylik to'lovning taxminiy miqdorini hisoblash imkonini beradi.
10000000
sum
Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
60
oylar
Rejalashtirilgan kredit muddatini tanlang
Ushbu hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega.
Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.
  • Foiz stavkasi
    ...%
  • O'rtacha oylik to'lov
    ... sum
  • Kreditning to'liq qiymati
    ...%
Axborot varaqasi

Sizga yordam berishdan xursandmiz

Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.

Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
(+998 71) 231-60-00
Yagona aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7

Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.

Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.

Ko'p so'raladigan savollar

Boshqa kreditlar
IMKONIYAT

IMKONIYAT

  • Foiz stavkasi
    yillik 36% dan 40% gacha
  • Kredit muddati
    36 oygacha
NAQD - KAPITAL

NAQD - KAPITAL

  • Foiz stavkasi
    yillik 30,99%
  • Kredit muddati
    36 oygacha
QULAY BIZNES

QULAY BIZNES

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99% dan 30,99% gacha (milliy valyutada), yillik 14,99% dan 17% gacha (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    36 oygacha
EXPRESS MIKRO – QARZ

EXPRESS MIKRO – QARZ

  • Foiz stavkasi
    yillik 30,99% (milliy valyutada), yillik 16% (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    12 oygacha
OPTIMAL KRЕDIT

OPTIMAL KRЕDIT

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99% (milliy valyutada), yillik 14,99% (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    36 oygacha
TEZKOR

TEZKOR

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99% dan 32% gacha (milliy valyutada), yillik 14,99% dan 18% gacha (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    36 oygacha
ECO DRIVE

ECO DRIVE

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99% dan 30% gacha (milliy valyutada), yillik 14,99% dan 17% gacha (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    60 oygacha
ALLIANCE AUTO

ALLIANCE AUTO

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99% dan 30% gacha (milliy valyutada), yillik 14,99% dan 16% gacha (AQSh dollarda)
  • Kredit muddati
    48 oygacha
KORPORATIV

KORPORATIV

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99%
  • Kredit muddati
    12 oygacha
BIZNESGA BIRINCHI QADAM

BIZNESGA BIRINCHI QADAM

  • Foiz stavkasi
    yillik 27,99%
  • Kredit muddati
    12 oygacha
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X