Umumiy shartlar
2) Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
3) Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar (kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joyining kadastr va boshqa zarur hujjatlari);
4) Kredit hisobiga sotib olinayotgan obʼekt joylashgan ko‘p qavatli uylar uchun vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (hokimning qarori va boshqalar);
5) Sotib olinadigan kvartiraning kadastr reestridan ko‘chirma;
6) O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
7) 2026-yil 1-apreldan boshlab ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kredit o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda);
8)Bankning mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto sur’atlari bilan. 9) Qarz oluvchi tomonidan boshlang’ich badal shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat. (Boshlang‘ich badal qarz oluvchi nomiga ochilgan omonat hisob-varag‘ida shakllantirilagan taqdirda bank xodimi tomonidan АBTdan mustaqil ravishda olinadi);
10) Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning (mavjud hollarda) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash guvohnomasi va boshqalar). 11) Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi(lar)ning (mavjud hollarda) daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Daromadlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularni tasdiqlovchi hujjatlar qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
Markaziy bank asosiy stavkasi + 3%. - O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun:
Boshlang‘ich badal 15% bo‘lganda, Markaziy bank asosiy stavkasi + 4%;
Boshlang‘ich badal 20% bo‘lganda, Markaziy bank asosiy stavkasi + 3.5%;
Boshlang‘ich badal 25% bo‘lganda, Markaziy bank asosiy stavkasi + 3%.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit foiz stavkasi mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Bunda foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi. - Doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 2026-yilning 1-dekabriga qadar ipoteka krediti ajratilganda, oxirgi bir yil davomida 90+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim.
- O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga ajratilganda, oxirgi uch yil davomida:
30+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 10 tadan,
60+ muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 5 tadan oshmasligi lozim;
90+ yo‘l qo‘yilmaydi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.