Umumiy shartlar
- Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadining 50% miqdori olinayotgan mikroqarz bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov bilan mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorining yig’indisini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim;
- Joriy muddati o‘tgan kredit va foiz qarzdorligi mavjud shaxslarga mikroqarz ajratilmaydi;
- Qarzning daromadga nisbati ko’rsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim.
Mikroqarz «Online» - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan "Asia Alliance Bank" ATBda oylik ish haqi yoki pensiya to‘lovi doirasida ochilgan so‘m bank karta hisob raqamiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.