“ASIA ALLLIANCE BANK” ATBning amaldagi tashkiliy tuzilishi 2023-yil 29-sentabrdagi Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori va 2024-yil 12-fevraldagi Bank Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan.
Bank boshqaruvi huzuridagi qo`mitaning va Bank Kuzatuv Kengashi huzuridagi boshqarmalarning tashkil etilishi bank faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari, xususan, Bankning amaldagi moliya-xo`jalik faoliyatiga kiruvchi ayrim masalalarni kollegial tarzda o`rganib chiqish zaruriyati bilan bog`liq.
Bank tashkiliy tuzilishida aksiyadorlar bilan korporativ munosabat boshqarmasi yo`qligi ushbu boshqarma vazifalarini bajaruvchi G`aznachilik boshqarmasining Qimmatli qog`ozlar bilan ishlash bo`limi mavjudligi bilan bog`liq.
Ichki audit xizmati vazifalari Bank Kuzatuv Kengashi huzuridagi Ichki audit boshqarmasiga yuklatilgan.