Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 2366
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Norezident Yuridik shaxslar

Yuridik shaxslar - norezidentlar uchun talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish bo'yicha Eslatma

icon-paper

I Bo'lim

Yuridik shaxslar norezidentlar:

diplomatik vakolatxonalar;

xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari;

tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari va doimiy muassasalari.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

bank hisobvarag'ini ochish to‘g’risida ariza;

agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;

norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yo‘xud yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);

norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarining (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

II Bo'lim

Yuridik shaxslar norezidentlar:

tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar;

tashkiliy savdolarda aktsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

bank hisobvarag'ini ochish to‘g’risida ariza;

agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;

norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yo‘xud yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);

norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarining (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o'rtasida brokerlik xizmatlarini koʼrsatish toʼgʼrisidagi shartnoma nusxasi;

tashkiliy savdolarda aktsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar - norezident yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi oʼrtasida brokerlik xizmatlarini koʼrsatish toʼgʼrisidagi shartnoma nusxasi.

III Bo'lim

Yuridik shaxslar norezidentlar:

kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari boʼlgan norezident yuridik shaxslar.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

bank hisobvarag'ini ochish to‘g’risida ariza;

agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;

norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yo‘xud yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);

norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarining (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari boʼlgan norezident yuridik shaxs va kripto-birja oʼrtasida munosabatlarni oʼrnatish toʼgʼrisidagi shartnoma nusxasi.

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari boʼlgan norezident yuridik shaxslarga bank hisobvaragʼi ochishda banklar ushbu norezident yuridik shaxslarni va ularning hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablagʼlarning kelib chiqish manbalarini "Oʼz mijozingni bil" (KYC, shuningdek e-KYC) va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish" (AML/SFT) tizimlariga muvofiq oʼrganishi shart.



Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X