Umumiy shartlar
Kredit maqsadi
Bankning amaldagi mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslar va YaTTlarga ularning ichki bank operatsiyalari va aylanmalari tahlili asosida aylanma mablag‘larini tezkor hamda soddalashtirilgan tartibda moliyalashtirish uchun
Kredit valyutasi
so’m
Kredit miqdori
1 mlrd so‘m
Dastlabki to'lov
Yo‘q
Foiz stavkasi
yillik 23% dan 25% gacha
Kredit muddati
12 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank filiali
Berish shakli
Hisob raqamiga o'tkazish orqali
Kredit ta'minoti
1) Agar kredit summasi 500,0 mln so'mgacha bo'lsa: - "Asia Alliance Bank ATBda kredit xizmatlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari bajarilishida ta’minotlarni qabul qilish" tartibiga asosan uchinchi shaxslarning kafilligi va/yoki kredit qaytmaslik xataridan sug'urta polisi; 2) Agar kredit summasi 500,0 mln so'mdan ortiq bo'lsa: -Ko'chmas mulk; -Ishlab chiqarilganligi 7 yildan oshmagan avtotransport vositalari va maxsus texnikalar (bunda ishlab chiqarilgan yili birinchi yil deb hisoblanadi); -Pul mablag'lari depozit garovi; -Bank talablariga mos keluvchi sug'urta kompaniyasining kredit qaytmaslik xataridan sug'urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi (bunda har bir kredit bo‘yicha umumiy garov tarkibining 25 foizidan oshmasligi va/yoki uning miqdori 700,0 million so‘mdan yuqori bo‘lmasligi lozim). Uchinchi shaxslarning kafilligi taqdim etilganda "Asia Alliance Bank ATBda kredit xizmatlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari bajarilishida ta’minotlarni qabul qilish tartibi" talablariga asosan qabul qilinadi. Garovga taqdim etilayotgan mol-mulklarni garov qiymatini aniqlashda "Asia Alliance Bank ATBda kredit xizmatlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari bajarilishida ta’minotlarni qabul qilish" tartibiga asosan amalga oshiriladi.
Imtiyozli davr
ha
Asosiy qarz bo'yicha 6 оy muddаtgаchа
Asosiy qarz bo'yicha 6 оy muddаtgаchа
To'lov usuli
differentsial, annuitet
To'lovlar davriyligi
oylik
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
1. Operativ sanaga Qarzdorning moliyaviy natijalar bo'yicha hisoboti (2-shakl) faoliyati zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi lozim. Agarda, Qarzdorning faoliyati natijalari zarar bilan yakunlangan bo'lsa va u haqqoniy ma'lumotlar bilan asoslantirilgan holatlar bundan mustasno; 2. Operativ sanaga Qarzdorning o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi lozim. Agarda, Qarzdor tomonidan ushbu ko'rsatkichlar haqqoniy ma'lumotlar bilan asoslantirilgan holatlar bundan mustasno; 3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi; 4. Kreditlar bo‘yicha ohirgi 12 oy ichida: 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligi; 5. Nazorat asosida o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 6. Nazorat asosida qarz oluvchini kredit tarixi to'g'risidagi (KATM) maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; 7. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda amaldagi kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va kreditga hisoblangan foiz qarzdorliklari bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatlarini uzaytirish holatlari bo‘lmasligi; 8. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan/mavjud majburiyatlari boyicha belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari (umumiy jihatdan bajarilmaganligi, boshqa holatlari ya'ni muddatida bajarilmaganligi mustasno) mavjud bo‘lmasligi; 9. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi); 10. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim; 11. Ohirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud bo‘lgan va daʼvo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqilib, rad etiladi.
Kredit berish tartibi
Hisob raqamiga o'tkazish orqali
Kerakli hujjatlar
-Xo`jаlik yurituvchi subyеktlаr: Krеdit аrizаsi, tа'sis hujjаtlаri, kоrхоnа tа'sischilаri vа rаhbаriyati mа'lumоtlаri, krеdit оlish vа/yoki gаrоv tа'minоtini tаqdim etish yuzаsidаn tа'sischilаr rоziligi/qаrоri; 1. Mоliyaviy hisоbоtlаr vа mа'lumоtlаr (1-2-shаkl, yillik vа оpеrаtiv); bаlаns yoyilmаlаri, bоshqа bаnklаrdаgi hisоb rаqаm аylаnmаlаri, оlingаn mаjburiyatlаr vа bоshqа mа'lumоtlаr; 2. Boshqa bankdan olingan kredit bo‘yicha amaldagi qarzdorlik qoldig‘i, qoldiq muddati va qaytarish jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va kredit shartnomalari. -Yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlаr (хususiy tаdbirkоrlаr): Krеdit аrizаsi, guvоhnоmа, pаspоrt nusхаsi, fаоliyat ko`rsаtаyotgаn jоyi bo`yichа mа'lumоtlаr; 1. Mijоz tоmоnidаn shаkllаntirilgаn vа pul оqimlаri prоgnоzi ko`rsаtilgаn hоldа krеdit mаblаg`lаrining qаytаrilishini аsоslаb ko`rsаtib bеruvchi hisоb kitоblаr hаmdа lоyihаni аmаlgа оshirish bilаn bоg`liq bоshqа hujjаtlаr; 2. Boshqa bankdan olingan kredit bo‘yicha amaldagi qarzdorlik qoldig‘i, qoldiq muddati va qaytarish jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va kredit shartnomalari. - Xo`jаlik yurituvchi subyеktlаr: Mijоz tоmоnidаn shаkllаntirilgаn vа lоyihа pаrаmеtrlаri vа pul оqimlаri prоgnоzi ko`rsаtilgаn hоldаgi krеdit mаblаg`lаrining qаytаrilishini аsоslаb bеruvchi biznеs rеjа vа/yoki hisоb kitоblаr; Lоyihаni аmаlgа оshirish bilаn bоg`liq bоshqа hujjаtlаr.
Kredit berish va xizmat ko'rsatish uchun komissiya
Yo‘q
Qo'shimcha shartlar
1.Dastlabki skoring natijasi bo'yicha beriladigan sertifikat yakuniy kredit ajratish qarori hisoblanmaydi va amal qilish muddati 30 kalendar kunini tashkil etadi; 2. Yakuniy qaror mijoz roziligi olingach, KATM va boshqa tashqi manbalar hamda tegishli tekshiruvlaridan so'ng qabul qilinadi; 3. Sertifikat amal qilish davri mobaynida mijozning moliyaviy holati, kredit tarixi, hisobvaraq holati yoki boshqa risk ko‘rsatkichlarida salbiy o‘zgarish yuz berganda, dastlabki limit qayta hisoblanadi yoki sertifikat o‘z kuchini yo‘qotadi; 4. Garov ta’minotining bozor qiymati mustaqil baholovchi tashkilotning baholash hisoboti va “Elektron baholash” MChJning ekspertiza (2-hisobot) xulosasi asosida aniqlanadi. Mustaqil baholash hisoboti mavjud bo‘lmagan taqdirda, garov mulkining bozor qiymati “Elektron baholash” MChJning “Baholash Plus” xizmati orqali aniqlanishi mumkin.
Muddatidan oldin to'lash
Mumkin
Limitni oshirish
Ko'zda tutilmagan
Text empty!
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
Aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Boshqa kreditlar