Umumiy shartlar
Kredit maqsadi
Yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish
Kredit valyutasi
so’m
Kredit miqdori
100 mln so'mgacha
Dastlabki to'lov
Yo‘q
Foiz stavkasi
Markaziy bank asosiy stavkasi + 8 %
Kredit muddati
60 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank filiali
Berish shakli
Hisob raqamiga o'tkazish orqali
Kredit ta'minoti
"Asia Alliance Bank ATBda kredit xizmatlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari bajarilishida ta’minotlarni qabul qilish" tartibiga asosan uchinchi shaxslarning kafilligi va/yoki kredit qaytmaslik xataridan sug'urta
Imtiyozli davr
ha
1. Аsosiy vosita sotib olish uchun 12 oygacha;
2. Аylanma mablagʼni toʼldirish uchun 3 oygacha
1. Аsosiy vosita sotib olish uchun 12 oygacha;
2. Аylanma mablagʼni toʼldirish uchun 3 oygacha
To'lov usuli
differentsial, annuitet
To'lovlar davriyligi
oylik
Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar
1. Operativ sanaga Qarzdorning moliyaviy natijalar bo'yicha hisoboti (2-shakl) faoliyati zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi lozim. Agarda, Qarzdorning faoliyati natijalari zarar bilan yakunlangan bo'lsa va u haqqoniy ma'lumotlar bilan asoslantirilgan holatlar bundan mustasno; 2. Operativ sanaga Qarzdorning o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi lozim. Agarda, Qarzdor tomonidan ushbu ko'rsatkichlar haqqoniy ma'lumotlar bilan asoslantirilgan holatlar bundan mustasno; 3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi; 4. Kreditlar bo‘yicha ohirgi 12 oy ichida: 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi; 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligi; 5. Nazorat asosida o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 6. Nazorat asosida qarz oluvchini kredit tarixi to'g'risidagi (KATM) maʼlumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “Asia Alliance Bank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; 7. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda amaldagi kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va kreditga hisoblangan foiz qarzdorliklari bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatlarini uzaytirish holatlari bo‘lmasligi; 8. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan/mavjud majburiyatlari boyicha belgilangan shartlarini bajarmaslik holatlari (umumiy jihatdan bajarilmaganligi, boshqa holatlari ya'ni muddatida bajarilmaganligi mustasno) mavjud bo‘lmasligi; 9. "Asia Alliance Bank" ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. (Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi. Bunda kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, mijoz yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi); 10. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim; 11. Ohirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda daʼvo arizalari mavjud bo‘lgan va daʼvo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqilib, rad etiladi.
Kredit berish tartibi
Hisob raqamiga o'tkazish orqali
Kerakli hujjatlar
-Xo`jаlik yurituvchi subyеktlаr: Krеdit аrizаsi, tа'sis hujjаtlаri, kоrхоnа tа'sischilаri vа rаhbаriyati mа'lumоtlаri, krеdit оlish vа/yoki gаrоv tа'minоtini tаqdim etish yuzаsidаn tа'sischilаr rоziligi/qаrоri; Mоliyaviy hisоbоtlаr vа mа'lumоtlаr (1-2-shаkl, yillik vа оpеrаtiv); bаlаns yoyilmаlаri, bоshqа bаnklаrdаgi hisоb rаqаm аylаnmаlаri, оlingаn mаjburiyatlаr vа bоshqа mа'lumоtlаr; - Yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlаr (хususiy tаdbirkоrlаr): Krеdit аrizаsi, guvоhnоmа, pаspоrt nusхаsi, fаоliyat ko`rsаtаyotgаn jоyi bo`yichа mа'lumоtlаr; Mijоz tоmоnidаn shаkllаntirilgаn vа pul оqimlаri prоgnоzi ko`rsаtilgаn hоldа krеdit mаblаg`lаrining qаytаrilishini аsоslаb ko`rsаtib bеruvchi hisоb kitоblаr hаmdа lоyihаni аmаlgа оshirish bilаn bоg`liq bоshqа hujjаtlаr; - Xo`jаlik yurituvchi subyеktlаr: Mijоz tоmоnidаn shаkllаntirilgаn vа lоyihа pаrаmеtrlаri vа pul оqimlаri prоgnоzi ko`rsаtilgаn hоldаgi krеdit mаblаg`lаrining qаytаrilishini аsоslаb bеruvchi biznеs rеjа vа/yoki hisоb kitоblаr Lоyihаni аmаlgа оshirish bilаn bоg`liq bоshqа hujjаtlаr.
Kredit berish va xizmat ko'rsatish uchun komissiya
Yo‘q
Qo'shimcha shartlar
Qarz oluvchiga "Asia Alliance Bank" ATB tizimida faqatgina sug'urta polisi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minoti ostida berilgan kreditlarning umumiy qarzdorlik qoldi'gi yuridik shахs mаqоmigа egа bo`lgаn tadbirkorlik subyеktlаri bo'yicha 1 000,0 mln.so'mdan, yuridik shахs mаqоmigа egа bo`lmagаn yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlаr (YATT, ОT, ХT vа хk.) bo'yicha 800,0 mln. so'mdan oshmasligi lozim. Shuningdek nazorat asosida bir qаrzdоr yoki o`zаrо аlоqаdоr qаrzdоrlаr guruhigа аjrаtilgаn krеditlar bilаn birgаlikdа hisоblаngаndа ta'minotida faqatgina sug'urta polisi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minoti ostida berilgan kreditlarning umumiy qarzdorlik qoldig'i 2 000,00 mln.so'mdan oshmasligi lozim; Mazkur Modulli kredit bo'yicha hisobot sanasidagi NPL ko'rsatkichi ushbu mahsulot qoldig'iga nisbatan 4%dan oshga taqdirda kreditlash to'xtatiladi, hisobot sanasidagi NPL ko'rsatkichlari bankning tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim etib boriladi. Kreditlash mazkur NPL ko'rsatkichi belgilangan darajadan tushgan taqdirda qayta tiklanadi.
Muddatidan oldin to'lash
Mumkin
Limitni oshirish
Ko'zda tutilmagan
Text empty!
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
Aloqa markazi
Ish tartibi: 24/7
Alliance Pay mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Boshqa kreditlar