Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 1347
  • Yangilash: 18 Yanvar 2024, 18:06

Obligatsiyalarni so’ndirish

Obligatsiyalarni sondirish shakli:

Obligatsiyalarning ushbu chiqarilishi faqat naqdsiz pul mablag`lari shaklida O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasida so`ndiriladi.

Obligatsiyalarni so`ndirish tartibi va shartlari:

Obligatsiya muomala muddati tugaganidan keyin Bank O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda barcha joylashgan obligatsiyalarni keyinchalik so`ndirish va bekor qilish maqsadida qayta sotib olishga majburdir.

Obligatsiyalarning ushbu chiqarilishini so`ndirish obligatsiyalarni joylaytirish boshlangan kunidan 2 557 (ikki ming besh yuz ellik yetti) kundan keyin 10 kun mobaynida amalga oshiriladi.

Agar so`ndirish summasini to`lash kuni bank hisob-kitoblari uchun dam olish kuniga to`g`ri kelsa, so`ndirish summasining to`lovi ushbu dam olish kunlaridan keyin keladigan birinchi ish kunida amalga oshiriladi.

Obligatsiyalarning ushbu chiqarilishini so`ndirishda pul mablag`larni (obligatsiyaning nominal qiymati va oxirgi davr uchun foiz daromad) to`lash markaziy depozitariy tomonidan obligatsiyalarni joylashtirish boshlangan kunning 2 557-kuniga shakllangan obligatsiya egalari reyestri asosida obligatsiya egalarining bank hisobvaraqlariga o`tkazish orqali amalga oshiriladi. 

Obligatsiya egasining yozma talabi asosida unga tegilshi bo`lgan pul mablag`lar keyinchalik obligatsiya egasining hisob-varag`iga o`tkazilishi orqali obligatsiya egasining investitsiya vositachisiga  to`lanishi mumkin.

Bank korporativ obligatsiyalarning so`ndirishi Bank zaxira fondi tomonidan qo`shimcha kafolatlanadi.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X