Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 3956
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Korporativ boshqaruv

Korporativ boshqaruv bu - Bank faoliyatini samarali tashkil etish va raqobatdosh xizmat ko'rsatish maqsadida Bank Boshqaruvi, Kengashi, aksiyadorlar, mehnat jamoasi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar, shu jumladan, kreditorlar o'rtasida mazkur shaxslar manfaati uyg'unligiga erishish tizimidir.

Korporativ boshqaruv tizim sifatida avvalam bor barcha iqtisodiy agentlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmini yaratadi. Tegishli korporativ boshqaruv prinsiplarini amalga oshirilishi investorlar huquqlarini himoya qilish uchun zarur bo'lgan darajani ta'minlaydi.

Korporativ boshqaruv amaliyoti Bankning ichki va tashqi kapital bozorlariga chiqish qobiliyatini aniqlovchi muhim omillardan biridir.

Tegishli korporativ boshqaruv har bir pog'onada axborot ochiqligi,  operativliligi, muntazamligi, to'liqligi va ishonchliligi prinsiplari asosida tuziladi.

Korporativ boshqaruv standartlariga rioya etish Bank moliya-xo'jalik faoliyati samaradorligiga muhim ta'sir ko'rsata oladigan qaror qabul qilish jarayonini mukammallashtirishga yordam beradi.

Tegishli korporativ boshqaruv konsepsiyasi biznesni boshqarish axloqiy standartlaridan foydalanish, aksiyadorlar oldida javobgarlik tuyg'usi va Bank faoliyat ko'rsayotgan jamiyat muhtojliklarini hisobga olishni o'z ichiga oladi.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X