Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin eʻlon qilinganligi, mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligi hamda ularning kredit to`lovlari bilan bog`liq yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklarini inobatga olgan holda “ASIA ALLIANCE BANK” ATB quyidagilarni ma`lum qiladi:
-
Jismoniy shaxslarga ajratilgan 2020-yil 1-aprel holatiga kredit qoldig`i 100 million so`mgacha bo`lgan barcha kreditlar (overdraft kreditlari bundan mustasno) bo`yicha joriy yilning aprel, may (mart oyining toʻlanmasdan qolgan qismi mavjud bo`lgan taqdirda mart va aprel oylari) oylaridagi kredit to`lovlariga imtiyozli davr beriladi;
-
Imtiyozli davr mobaynida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar uchun hech qanday jarima va penya hisoblanmaydi;
-
Imtiyozli davrda to`lanmagan kreditning asosiy qarzi imtiyozli davrdan keyingi kredit to’lovlariga taqsimlanadi.
-
Imtiyozli davrda kredit uchun hisoblangan foizlar imtiyozli davr tugagandan so`ng 2020 yil oxiriga qadar teng taqsimlangan holda qaytariladi.
Shu bilan birga mijoz imtiyozli davr tugagandan so`ng 10 (o`n) bank ish kuni ichida Bank bilan tuzilgan kredit shartnomasiga kiritiladigan o`zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirishi lozim.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 6431