Hurmatli mijozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-son Farmoniga muvofiq, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Endilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan, invoys asosida tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport va import qilishlari, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan invoys asosida tijorat banklari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin.
Xususan:
-
import qiluvchilar invoys bo‘yicha oldindan to‘lov shartlarida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin;
-
eksport qiluvchilar invoys asosida tovar, ish yoki xizmatlarni to'lovlarni qabul qilmasdan avval yetkazib berishlari mumkin.
Mazkur yangiliklar tashqi savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish imkonini beradi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Bankning sizga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: ko'rsatilmagan
- Ko'rishlar: 4