Hurmatli mijozlar!

2026-yil 2-fevraldan boshlab Asia Alliance Bank tomonidan chiqarilgan Visa Platinum va Visa Infinite kartalari bo‘yicha alohida imtiyozlardan foydalanish shartlari yangilanadi.

Visa Platinum egalari uchun DragonPass biznes-launjlariga Visa Airport Companion (shu jumladan Toshkentdagi Anjir), Fast Track International va Toshkent xalqaro aeroportida bagaj qadoqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati 35 kun davomida (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi) 2 000 000 so‘mdan boshlab xaridlar amalga oshirilganda taqdim etiladi.

Visa Infinite egalari uchun CIP zali, DragonPass biznes-launjlari va Visa Airport Companion (shu jumladan Toshkentdagi Anjir), aeroportdan transfer, FastTrack International, rouming va Toshkent xalqaro aeroportida bagajni qadoqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati 10 000 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan xaridlarni 35 kun davomida amalga oshirganda taqdim etiladi (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi).

Visa Signature kartalari shartlari o‘zgarishsiz qoladi.