Asia Alliance Bank mamlakatimizdagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Iqtisodiyot va boshqaruv sohasida malakali kadrlar tayyorlaydigan universitet hamda zamonaviy moliya muhitida faoliyat yuritayotgan Bank o‘z salohiyatini birlashtirmoqda.
Hamkorlik doirasida amaliy bilimlarni oshirish, real moliyaviy jarayonlar bilan ishlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.
Ushbu sheriklik inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim va amaliyot o‘rtasida barqaror aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 292