Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  29 Noyabr 2017, 17:21

Stol tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi
10 Nov 2017

2017 yil 4 noyabrda «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Yoshlar Ittifoqi tomonidan Toshkent Moliya Institutining sport-sogʻlomlashtirish majmuasida Bosh ofis va Toshkent shahridagi filiallar xodimlari oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Yoshlar Ittifoqi tashkil etilganiga xali uncha koʻp vaqt oʻtmaganiga qaramay, bankning yosh mutaxassislari Ittifoq tomonidan uyushtirilayotgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Tennis boʻyicha musobaqa Bank Yoshlar Ittifoqining Yetakchilari Kengashi tomonidan tashkil etilgan ilk sport tadbiri edi, shuningdek, ta’kidlab oʻtish lozimki, ushbu turnirda bankning qirqdan koʻproq xodimi qatnashdi.

Qizgʻin kurash kechib, ham erkaklar, ham ayollar jamoalarida raqobatchilik juda jiddiy tus oldi! Kurashishga sovrin ham arziydigan edi! Axir zafar qozonganlarni munosib sovgʻalar kutgan-ku! Musobaqaning barcha ishtirokchilari oʻyin vaqtida ularni hamkasblari faol qoʻllab-quvvatlab turgan, bu esa shubhasiz har bir qatnashchining gʻalaba qozonishga boʻlgan irodasini koʻtarib turgan! Natijada musobaqa yakunlari boʻyicha faxrli oʻrinlarni egallagan xodimlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


Sovrindorlarning ismlari:
Ayollar:
1-oʻrin – Abinova Nailya Maratovna (Mirzo-Ulugʻbek filiali)
2-oʻrin – Chetverikova Tatyana Vladimirovna (Amaliyot Boshqarmasi)
3-oʻrin – Tyapkina Yelena Nikolayevna (Amaliyot Boshqarmasi)
Erkaklar:
1-oʻrin – Vaxobov Dilshod Yorkin oʻgʻli (Amaliyot Boshqarmasi)
2-oʻrin – Xamidullayev Zafar Xamidulla oʻgʻli (Bosh ofis)
3-oʻrin – Tashpulatov Timur Xamidullayevich (Amaliyot Boshqarmasi).

Musobaqaning barcha sovrindorlarini tabriklaymiz va ishonamizki, bizning yosh xodimlarimiz nafaqat Bankning Yoshlar Ittifoqi tomonidan uyushtirilayotgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarida, balki boshqa tadbirlarda ham faol ishtirok etadilar.
Yetakchilar Kengashi oʻz faoliyatida davlat yoshlar siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida bank tizimi yosh xodimlarining fikri va takliflarini ilgari suradi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1826

Boshqa yangiliklar:

16 Oktyabr 2020
29 Sentyabr 2020

Valyuta kurslari

20.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10371.76
1 EUR = 12153.63
1 RUB = 133.19
1 GBP = 13393.05
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech