Memorandumni imzolash 2024 yilning III choragida ASIA ALLIANCE BANK’ning OZ PLANET raqamli platformasiga muvaffaqiyatli integratsiyasining mantiqiy davomi bo‘ldi. Bu esa faktoring moliyalashtirishini yangi bosqichga olib chiqib, jarayonlarni qulaylik va shaffoflik tomon rivojlantirdi hamda aylanma kapitalni boshqarish uchun moliyaviy instrumentning jozibadorligini namoyon etdi.

OZ PLANET platformasi orqali faktoringni raqamlash ASIA ALLIANCE BANK mijozlari va kontragentlariga bank ofisiga shaxsan tashrif buyurmasdan, uzoq muddatli kelishuvlarsiz, himoyalangan elektron hujjat aylanishi doirasida xizmatdan foydalanish imkonini beradi.

Bu kelishuv raqamli moliya xizmatlari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi va biznes uchun faktoringning mavjudligini yaxshilaydi.