Navro’z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida Bank tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil 19, 22 va 23 mart kunlari Oltintepa hamda Taraqqiyot bank xizmati markazlarida ish kuni qilib belgilanligi hamda Siz bu yerda Zolotaya Korona, Western Union, Money Gram, Contact, Unistream va Asia Express xalqaro tizimlari orqali xalqaro pul o'tkazmalari amaliyotlarini hamda valyuta ayirboshlash amaliyotlarni amalga oshirishigiz mumkin. Bundan tashqari “Chilonzor” va “Dilkusho” BXM lari hamda “Poytaxt Avtosavdo” maxsus kassasida bayram kunlari valyuta ayirboshlash amaliyotlari faoliyat ko’rsatishi to’g’risida ma’lum qilamiz.

Bundan tashqari, MyAlliance va Alliance mobil ilovalarida masofadan turib Zolotaya Korona tizimi orqali qabul qilingan pul mablag'larni milliy yoki xorijiy valyutadagi plastik kartangizga o'tkazish imkoniga egasiz.

Quyida navbatchi bank xizmat ko’rsatish markazlarining manzili va telefon raqamlari ko’rsatib o’tilgan:

«Oltintepa» BXM –Toshkent shahri, Oltintepa ko’chasi, 39-uy

«Taraqqiyot» BXM- Toshkent shahri, Islom Karimov ko’chasi, 17-uy

“Chilonzor” BXM – Toshkent shahri, Chilonzor ko’chasi, 53A uy

“Dilkusho” BXM – Buxoro shahri, I.Karimov ko’chasi, 16 uy

“Poytaxt Avtosavdo” maxsus kassasi – Toshkent shahri, M/Ulug’bek ko’chasi, 82A uy.