2025-yil 11-noyabr kuni “Asia Alliance Bank”da “Komplayens risklarni boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda Komplayens-nazorat boshqarmasi hamda Korporativ biznes boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlil qilindi, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Bankda komplayens madaniyatini rivojlantirish va risklarni samarali boshqarishga qaratilgan bu kabi o‘quv tadbirlar izchil ravishda davom ettiriladi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 144