"ASIA ALLIANCE BANK" aktsiyadorlik tijorat banki  Thomson Reuters kompaniyasining  «FX TRADING» yangi avlod savdo platformasi va  «EIKON» axborot - tahlil platformasining foydalanuvchisiga aylandi, shu tarzda banklararo pul va valyuta bozorlarining xalqaro tarmog'iga ulandi. Ushbu dunyo banklarining eng yaxshi kotirovkalarini hamda keng qamrovdagi ma'lumotlar: makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, kompaniyalar va tarmoqlar, shuningdek, turli bozor segmentlari bo'yicha ma'lumotlarni bir zumda olish imkoniyatini yaratadi. "ASIA ALLIANCE BANK" ning «FX TRADING» tizimidagi diling kodi: AALB.

"ASIA ALLIANCE BANK", shuningdek, SWIFT xalqaro banklaro tizimining a'zosi hisoblanadi. Bank dunyoning etakchi banklari bo'lgan  Commerzbank AG va  Landesbank Baden-Wurttemberg, (Germaniya), UBS AG (Shveytsariya), DBS Bank (Singapur), Kookmin Bank (Janubiy Koreya), Bank of China va Agricultural Bank of China (Xitoy) singari banklar bilan korrespondentlik munosabatlarini o'rnatgan. 2016 yilning 1 sentyabr holatiga bankning aktivlari 1 trln. so'mdan ortiqni tashkil qildi, bankning jami kapitali 207 mlrd. so'mdan oshdi.