“Asia Alliance Bank” ATB “Eng texnologik bank” nominatsiyasida yetakchi sifatida faxriy diplom bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot xalqaro tadqiqot kompaniyasi Interise Group tomonidan “maxfiy mijoz” usulida o‘tkazilgan keng ko‘lamli mustaqil bozor tadqiqoti yakunlariga ko‘ra bankka topshirildi.

Tadqiqot doirasida ekspertlar O‘zbekistonning 34 ta moliyaviy tashkiloti orasida xizmat ko‘rsatish sifati, innovatsion yondashuvlar hamda raqamli yechimlarning qulayligini baholadilar. Mazkur nominatsiyadagi g‘alaba bankning ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mijozlar uchun maksimal darajada qulay ekotizim yaratishga qaratilgan strategiyasi to‘g‘ri tanlanganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tadqiqot natijalari rasman e’lon qilingan hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2026-yil 9-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Bank sohasi yetakchi mutaxassislarini jamlagan tadbir Hilton Tashkent City mehmonxonasining konferensiya zalida tashkil etildi.

Bizga bildirayotgan ishonchi uchun mijozlarimizga, yuksak professionalligi va fidokorona mehnati uchun jamoamizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Ushbu mukofot biz uchun yanada ilg‘or, innovatsion va har bir mijozga yanada yaqin bo‘lish yo‘lida yangi marralarni zabt etish uchun kuchli rag‘batdir.