2025-yil 18-noyabr kuni Bosh ofisda Bank rahbariyatining Aktif Bank (Turkiya) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar vakillik munosabatlari, g‘aznachilik operatsiyalari, savdoni moliyalashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bank sohasi uchun zamonaviy texnologik va raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma ishlarni muhokama qildilar.
Aktif Bank Turkiyaning 25 yillik tarixga ega eng yirik xususiy investitsiya banki bo‘lib, 18 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy va texnologik xizmatlarni taklif etadi.
Uchrashuv strategik sheriklikni rivojlantirish va har ikki tomon uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 128