Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-maydagi PF-5992-sonli “2020-2025 yillarga moʼljallangan Oʼzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʼgʼrisida” Farmonida bank sektorida davlat ulushini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʼzda tutilgan.
Xususan, ushbu Strategiya doirasida «ASIA ALLIANCE BANK» АTBga strategik xorijiy investorlarni jalb qilish belgilangan edi.
Shu munosabat bilan, «ASIA ALLIANCE BANK» АTBni samarali boshqarishdagi muvaffaqiyatli tajribasini inobatga olib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi «ASIA ALLIANCE BANK» АTB aksiyalarini bankning avvalgi yirik aksiyadori boʼlgan Gor Investment Ltd (Buyuk Britaniya) kompaniyasiga oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.
Investor tomonidan bankni kompleks transformatsiya qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy taʼminotlarni joriy qilish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda bankning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish boʼyicha chora-tadbirlar davom ettirilishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, bank investori tomonidan Oʼzbekiston boʼylab toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan gaz-kimyo, farmasevtika hamda taʼlim sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar bo`yicha takliflar shakllantirilgan.
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1946