«ASIA ALLIANCE BANK» ATB da VISA kartasini oching va sovrin oʻyinlarida ishtirok eting!!!»
2017 yilning 1 mayidan 31 iyuligacha muddat ichida VISA Gold va/yoki VISA Classic kartasini ochgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB mijozi oʻz-oʻzidan sovrinlar oʻyini ishtirokchisiga aylanib qoladi. Ushbu oʻyinlarda 2017 yil avgust oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan “Bali oroliga ikki kishilik yoʻllanma” eng katta mukofot hisoblanadi.
Aksiyani oʻtkazish shartlari va tartibi:
Sovrinlarni olish tartibi:
2017 yilning 1 mayidan 31 iyuligacha muddat ichida VISA Gold va/yoki VISA Classic kartasini ochgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB mijozi oʻz-oʻzidan sovrinlar oʻyini ishtirokchisiga aylanib qoladi. Ushbu oʻyinlarda 2017 yil avgust oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan “Bali oroliga ikki kishilik yoʻllanma” eng katta mukofot hisoblanadi.
Aksiyani oʻtkazish shartlari va tartibi:
- aksiyaning amal qilish muddati 2017 yil 1 maydan 31 iyulgacha;
- faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosigina Aksiya ishtirokchisi boʻlishi mumkin;
- «ASIA ALLIANCE BANK» ATB xodimi, yoki uning yaqin qarindoshi Aksiya ishtirokchisi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
- aksiya «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning Toshkent shahrida va mintaqalarda joylashgan barcha boʻlinmalarida oʻtkaziladi;
- mijoz Aksiya amal qilib turgan davr ichida VISA Classic va/yoki VISA Gold kartasini ochadi va oʻz-oʻzidan Aksiya ishtirokchisiga aylanib qoladi;
- aksiya amal qilib turgan davr ichida VISA Gold kartasi jozibador shartlar asosida ochiladi, ya’ni, kartani chiqarish uchun komission haq tasdiqlangan tariflarga binoan 50 AQSh dollari emas, balki 10 AQSh dollarini tashkil etadi. Shu tarzda VISA Gold kartasining chiqarilish qiymati VISA Classic kartasining chiqarilish qiymatiga tenglashtiriladi;
- VISA Gold va/yoki VISA Classic kartalariga oid asosiy kartaning har bir 16 belgili raqami karta amal qilib turgan davr ichida oʻyinda ishtirok etadi. Ya’ni, agar bitta Ishtirokchi bittadan ortiq karta ochgan boʻlsa, ana shu Ishtirokchining nomiga ochilgan barcha kartalar oʻyinda ishtirok etaveradi;
- har oyda, aniqrogʻi 2017 y. 31 may va 30 iyun kunlari maishiy texnika shaklidagi 10 tadan oraliq sovrinlar oʻyinga qoʻyiladi. Aksiyada ishtirok etuvchi barcha Mijozlar, Aksiya amal qilib turgan davrning qaysi muddatida Aksiyaga qoʻshilganlaridan qat’iy nazar – har bir keyingi oʻyin ishtirokchisiga aylanadi;
- oxirgi bosqich oʻyini 2017 y. 1 avgust kuni oʻtkaziladi, unda 5 dona sovrin (maishiy texnika anjomlari) va super-sovrin – 2017 yil avgust oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan “Bali oroliga ikki kishilik yoʻllanma” oʻyinga qoʻyiladi. Ikki kishilik yoʻllanmada sovrin egalarini koʻrsatilgan davr ichida “Hamma qulayliklar”ni oʻz ichiga olgan besh yulduzli otelga joylashtirish koʻzda tutilgan;
- oʻyinlar oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Bosh ofisida e’lon qilingan kunlari soat 17.00 da Aksiya Ishtirokchilari boʻlgan mijozlarning bevosita ishtirokida barabanni aylantirish va undan sovrindorlarning 16 belgili raqamlarini birma-bir tortib chiqarish orqali amalga oshiriladi. Bosh ofis manzili: Toshkent sh., Maxtumquli koʻchasi (avvalgi Taraqqiyot koʻchasi) 2A.
- VISA Gold va/yoki VISA Classic kartasini ochar ekan, Mijoz mas’ul xodimga oʻzi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (mobil, uy yoki ish telefonlarii raqamini) taqdim etadi. Ishtirokchi sovrinlar oʻyinida shaxsan qatnashmagan, ammo sovrinni yutib olgan boʻlsa, unga yutuq toʻgʻrisida ana shu telefon raqamlari orqali xabar beriladi;
- agar, VISA Gold va/yoki VISA Classic kartasini ochgan mijoz sovrinni yutib olish uchun Aksiyada ishtirok etish niyati boʻlmasa, kartani ochish vaqtida oʻyinda ishtirok etishni rad etishi toʻgʻrisida erkin shaklda yozilgan arizani imzolab topshiradi.
Sovrinlarni olish tartibi:
- agar Ishtiokchi oʻyinlar oʻtkazilayotganda shaxsan qatnasha olmagan boʻlsa, Bankning mas’ul xodimi oʻyin oʻtkazilgan kunning erasidan kechiktirmasdan sovrinni yutib olgan Ishtirokchiga telefon orqali yutib olingan sovrin toʻgʻrisida xabar beradi. Bankka aloqa bogʻlash vositalari toʻgʻrisida aniq ma’lumot berish uchun Ishtirokchining oʻzi javobgardir;
- sovrinlar «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning Ishtirokchilar uchun qulay boʻlgan filiallarning ofislarida topshiriladi. Bunda sovrindor pasportining aslini taqdim etishi va Qoidalarga ilova qilingan Qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolashi shart;
- sovrinni (bundan super-sovrin istisno etiladi) mijoz oʻziga qulay boʻlgan vaqtda 2017 yilning 31 dekabriga qadar olishi mumkin;
- super-sovrinni amalga oshirish, ya’ni Bali oroliga safar faqat ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda, ya’ni 2017 yil avgustoyining ikkinchi yarmida amalga oshirilishi zarur;
- agar super-sovrin egasi safarga uzrli sabablarga koʻra (kasalligi yoki boshqa shaxsiy sabablar) shasxsan oʻzi borish imkoniyatidan mahrum boʻlsa, super-sovrindan uchinchi shaxs foydalanishiga ijozat beriladi.
- Quyidagi hollarda super-sovrin 2017 yilning 1 avgust kuni oʻtkazilgan oʻyinlarda sovrinlarni yutib olgan beshta Aksiya Ishtirokchisi oʻrtasida qaytadan oʻynaladi: - agar sovrindor yutib olingan super-sovrindan foydalanishni rad esa, hamda undan uchinchi shaxs foydalanish imkoniyatini ham oʻtkazib bermasa, va bu haqda yakuniy oʻyin oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, ya’ni 2017 yilning 2 avgustigacha Bankka xabar bergan boʻlsa;
- yutib olingan sovrin bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar Bank tomonidan toʻlanadi;
- yutib olingan sovrinlar (shu jamladan super-sovrin) qiymati pul ekvivalentida toʻlanmaydi va ularni almashtirish amalga oshirilmaydi;
- xorijga chiqish boʻyicha pasportga viza qoʻydirish uchun sovrindorning oʻzi mas’uldir.
-agar 2017 yilning 2 avgustiga qadar Bank super-sovrinni yutib olgan Ishtirokchi bilan u tomonidan karta ochilayotgan kuni taqdim etilgan telefon raqamlari orqali aloqa bogʻlay olmasa;
Shuningdek qarang: