“ASIA ALLIANCE BANK” ATB, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi kreditlarni taklif etadi.
Kreditlar qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi.
Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
-
Aylanma mablag’larni to’ldirishga - 18 oy muddatgacha;
-
Qarz oluvchi o’z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;
-
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga - 24 oy muddatgacha;
-
Investitsion loyihalar uchun – 36 oy muddatgacha.
Kredit miqdori - kreditlanadigan loyiha shartlaridan kelib chiqqan holda belgilaniladi.
Investitsion loyihalar uchun, loyihada qarz oluvchining o’z mablag‘lari bilan bo’lgan ishtiroki - loyiha qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan holda.
Kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
-
Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish, xizmatlar va bajarilgan ishlarga haq to’lash, tovarlar zahirasini to’ldirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish, mavsumiy xaridlarni amalga oshirish, biznesni kengaytirish va h.k.
-
Investitsion loyihalar uchun - turli maqsaddagi uskuna va jihozlar, yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, turli maqsaddagi maxsus texnikalar, ko’chmas mulk, biznesda qo’llaniladigan boshqa asosiy vositalarni sotib olish va h.k.
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi - xavf - xatarlilik darajasi, moliyalashtirish manbalari va loyihaning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kredit ta’iminoti - umumiy kredit miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko‘chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag‘lari va boshqalar) garov ta’minoti.
Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-
Ariza;
-
Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari;
-
Qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
-
Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushimlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja;
-
Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar tog’risida hisobot (2-son shakl);
-
To’qson kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.
Ushbu hujjatlar ro’yxati kredit xizmatlarini amalga oshirish uchun yetarli bo’lmagan holda bank hodimlari tomonidan qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.