Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Umumiy savollar 5

  • Bank qanday xizmatlarini ko`rsatadi?


    Bank O`zbekiston Respublikasi Qonunida ko`zda tutilgan barcha bank xizmatlarini, jumladan hisob-kitob va kassa ijrosiga oid xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha operatsiyalar, kreditlar berish, aholidan omonatlarni qabul qilish, depozitga oid va banklararo operatsiyalarni amalga oshiradi.
  • Bank ish xaqlari va ularga tenglashtirilgan boshqa to`lovlarni naqd pul shaklida berishni qanday muddatlarda amalga oshiradi?


    Naqd pulni berish mijozning kassada bergan arizasida ko`rsatilgan muddatda amalga oshiriladi.
  • Yuridik shaxslarga hisobvaraq ochish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?



    Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa hisobvaraqlarni ochish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

    Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo'jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar: 

    1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza; 
    2. Imzolar
    namunalari qo’yilgan ikki dona varaqcha;
    3. Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat).

    Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:

    1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
    2. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
    3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan - ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar;
    4. Yuridik shaxs nomidan  pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rini bosadigan hujjat)
    ;

    5. Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).

    Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:

    1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
    2. Yuridik shaxsning iltimosnomasi   (iltimosnomada soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning identifikatsion raqami va uning kodi ko‘rsatiladi;
    3.1 Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo’yilgan ikki dona varaqcha;

    3.2 Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo’lmagan rezident yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan ikki dona varaqcha;
    4. Vakolatxona yoki filialga taqdim etilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat;
    5. Vakolatxona yoki filial nomidan pul-to‘lov hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsni tasdqlovchi hujjati  (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat).

    Norezident  yuridik shaxslar ( immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuning xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ ullanmaydigan vakolatxonalari, tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

    1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
    2. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organlari  tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
    3. O‘rnatilgan shakldagi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
    4. Norezident yuridik shaxs nomidan  pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati ( pasport yoki uni o‘rini bosadigan hujjat);

    5. Tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

    6. Tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o’rtasida brokerlik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma nusxasi;

    7. Tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxslar va investitsion vositachi o’rtasida brokerlik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma nusxasi.

  • Jismoniy shaxslar tomonidan hisobvaraqlarini ochish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?


    Rezident va resident bo`lmagan jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutadagi talab qilib olinadigan deposit hisobvaraqlarini ochish uchun:

    1. Hisobvaraqni ochish uchun o`rnatilgan shaklda to`ldirilgan Ariza;
    2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport yoki uning o`rnida ishlatilishi mumkin bo`lgan boshqa hujjat).
  • Bank tomonidan qanday yangi turdagi xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yilayapti?


    Hozirgi vaqtda bankda mijozlarga masofadan turib xizmat ko`rsatuvchi “Internet- banking” xizmati ko`rsatish tizimi muvaffaqiyatli tarzda faoliyat olib bormoqda.

Valyuta kurslari

22.09.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10315.62
1 EUR = 12210.6
1 RUB = 136.28
1 GBP = 13322.62
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech