Ko'p so'raladigan savollar
· AQSH dollari;
· Xitoy yuani;
· Dirhamlar;
· Rossiya rubli;
· Qozog‘iston tengesi;
· Turk lirasi;
· Yapon yenasi;
· Evro;
· Shveysariya franki;
· Ingliz funtlari.
Bankda valyuta hisobvarag‘ini ochish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning vakolatli shaxslari identifikatsiya qilish tartib-taomilidan o‘tish uchun Bankka murojaat qilishlari kerak (o‘zi bilan pasportning asl nusxasi, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘lishi kerak). Shuningdek, Bank qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega. Identifikatsiya qilish tartib-taomilidan o‘tib, tegishli hujjatlar (bank hisobvarag‘ini ochish uchun ariza, imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha) rasmiylashtirilganidan so‘ng mijozga hisobvaraq ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli Qaroriga binoan Tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritish xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi savdo kontraktini www.exim.miit.uz saytida yoki VED-kontrakt dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
Kontrakt shartlariga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risidagi ma`lumotlar q’o’shimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan bo’lgani singari tartibda TSOYEAT tizimiga kiritiladi.
Internet-banking orqali chet el valyutasini sotib olish uchun ariza berishda “Valyuta”-“Chet el valyutasini sotib olish uchun ariza” quyi tizimidan foydalanish kerak.
Chet el valyutasini sotib olish uchun arizalar 9.30 dan 16.00 gacha taqdim etiladi.
Chet el valyutasini sotib olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun komissiya QQSsiz 50 000 so‘mni tashkil etadi.
Ariza ijobiy yakunlanganligi tasdig‘i bo‘lib, arizaning “Yakuniy o‘tkazmalar yaratildi” yoki “Yakunlandi” maqomi xizmat qiladi.
Internet-banking orqali “Valyuta” –› “Chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun ariza” quyi tizimidan foydalangan holda yuboriladi.
Chet el valyutasini sotish uchun arizalar 9.30 dan 17.45 gacha taqdim etiladi.
Chet el valyutasini sotish arizasini ko‘rib chiqish uchun komissiya undirilmaydi.
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasini taqdim etish uchun “Valyuta” – “Pul ko’chirish uchun ariza” quyi tizimidan foydalanish kerak.
Buning tasdig‘i bo‘lib, topshiriqnomaning “Yuborilgan” maqomida bo’lishidir.
Bu maqom ariza/to‘lov topshiriqnomasi Bankning mas’ul ijrochisi tomonidan qayta ko‘rib chiqish uchun mijozga qaytarilganligini bildiradi.
CHet el valyutasida o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshirig‘ini yaratish uchun SWIFT-RUR 6 yo‘riqnomasidan foydalanishi mumkin.
Valyuta operatsiyalari bo‘limi uchun hujjatlarni val@aab.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
Konvertatsiya qilish uchun hujjat “Hujjatlar” tugmachasini bosish orqali sotib olish arizasiga ilova qilinadi.
SWIFT-ko’chirma “Valyuta” – “Bank o‘tkazmasi uchun ariza” moduli yordamida chop etilishi mumkin.
Buning uchun kerakli to‘lovni tanlash va “Chop etish” tugmasini bosish lozim.
Shuningdek, SWIFT ko’chirmaning tasdiqlangan variantini olish uchun korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga ham murojaat qilish mumkin.
Ro‘yxatni olish uchun havolani bosish yoki Bankning valyuta operatsiyalari bo‘limiga murojaat qilish lozim.
Rossiya rublida moliyaviy xabarlar almashinuvi kirilldan lotin tiliga qayta kodlashdan foydalangan holda amalga oshiriladi, ya’ni, transliteratsiyadan foydalangan holda. Qayta kodlash yagona transliteratsiya jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli qaroriga muvofiq tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy bo‘limlar va ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
· Preambula.
· Kontraktning mavzusi, shuningdek, TIF TN bo‘yicha tovarning kodiga havola ham zarur.
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni etkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati ko‘rsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati);
· Etkazib berishning bazis shartlari («Inkoterms» xalqaro qoidalari bo‘yicha).
· Tovarni etkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati va sanasi ko‘rsatiladi.
· Kontraktning umumiy summasi, tovarning o‘lchov birligidagi narxi ko‘rsatiladi.
· To‘lov shartlari.
· Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joyi.
· Tomonlarning javobgarligi.
· Tomonlarning rekvizitlari.
· Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal etkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi;
· Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki xorijiy sherik tanlagan tilda bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, kontrakt davlat tiliga yoki xorijiy sherik tanlagan tilga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
ITRS-kodlari bo‘yicha ma’lumot olish uchun ma‘lumotnomadan foydalanish lozim.
Bank tariflariga ko‘ra, chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazish uchun quyidagi vositachilik haqi turlari olinadi.
Bank tariflariga ko‘ra, eksport tushumini o‘tkazish uchun vositachilik haqi undirilmaydi.
Chet el valyutasini sotib olish uchun ariza quyidagi maqsadlarga taqdim etiladi:
· Uskunalar, butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar;
· Xom ashyo va materiallar
· Xizmatlar
· Kreditlar: hukumat tomonidan kafolatlangan;
· Kreditlar: hukumat tomonidan kafolatlanmagan;
· Kreditlar: Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan berilgan;
· Lizing to‘lovlari;
· Dori vositalari, dori-darmonlar va tibbiy asboblar;
· Engil avtomobillar;
· Boshqa xalq iste’mol tovarlari;
· Daromadlar repatriatsiyasi;
· Xizmat safarlari xarajatlari;
· Boshqa maqsadlar uchun.
10 000 AQSH Dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi bir chet el valyutasini boshqa valyutaga konversiya qilish Internet-banking tizimidagi “Konversiya orderi” moduli orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Agar ariza miqdori 10 000 AQSH Dollaridan oshsa, Mijoz korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga konversiya qilish uchun ariza beradi. Ushbu ariza qog’oz shaklida yoki elektron pochta orqali taqdim etiladi.
2019 yil 22 oktyabrdagi O‘RQ-573-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
· jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari;
· shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash;
· ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash;
· xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash;
· ta’lim, davolanish va turizm uchun haq to‘lash;
· O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to‘lash;
· notarial va tergov harakatlari bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash;
· sudning, arbitrajning, shuningdek tergov organlarining va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash;
· xalqaro kongresslarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda, sport tadbirlarida va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlarda, ko‘rgazmalarda va yarmarkalarda ishtirok etish uchun to‘lovlar, bundan investitsiyaga oid va moddiy xarajatlar mustasno;
· vafot etganni dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar;
· mualliflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari bo‘yicha haq to‘lash;
· xalqaro notijorat tashkilotlarga badallar.
Mablag‘larni invoys bo‘yicha konvertatsiya qilish mumkin.
Agar operatsiya nosavdo hisoblansa, chet el valyutasini sotib olish uchun arizani taqdim eting va skanerlangan invoysni val@aab.uz. pochtasiga yuboring.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli qaroriga asosan, import uchun invoys asosida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys TSOYAEAT tizimiga kiritilgan va invoyslarda quyidagi asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kreak:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi va uning rekvizitlari;
xorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
invoys summasi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning identifikatsiya raqami (STIR) yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o‘lchov birligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish qiymati;
«Inkoterms» bo‘yicha etkazib berish shartlari;
tashish turi.
Invoyslar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Mumkin, buning uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sotib olinayotgan valyutaning maqsadi sifatida «boshqa maqsadlar»ni tanlashi kerak .
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli qaroriga muvofiq:
· ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
· tovarlar eksporti — agar qonunchilikda boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli qaroriga muvofiq:
· tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
· ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli qaroriga muvofiq:
17-turdagi olib chiqish kontrakti - olib kirish kontrakti asosida sotib olingan tovarlarni sotish maqsadida reeksport bojxona rejimiga joylashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasidagi kontrakt;
19-turdagi sotish kontrakti - sotib olish kontrakti doirasida sotib olingan tovarlarni boshqa norezidentga sotishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasidagi kontrakt;
16-turdagi olib kirish kontrakti - bu O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasida tovarlarni bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirish uchun sotib olish va keyinchalik olib chiqish kontrakti asosida boshqa norezidentga sotishni nazarda tutuvchi kontrakt;
18-turdagi sotib olish kontrakti - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasida tovarlarni bojxona hududiga olib kirmagan yoki tranzit tartibida olib o‘tgan holda sotib olish bo‘yicha kontrakt.
(71) 231-60-00 telefon raqamiga Kontakt markaziga qo‘ng‘iroq qilib savol berish mumkin.
Chet el valyutasini sotib olish uchun blok-hisobvarag‘iga mablag‘larni blokirovka qilish shart emas, tizim bunday o‘tkazmani avtomatik ravishda yaratadi.
Tashqi savdo kontrakti bo‘yicha Bank kassasiga chet el valyutasini naqd pulda qabul qilish uchun Mijoz ro‘yxatga muvofiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
· Tashqi savdo kontraktining nusxasi;
· Kassaga naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs nomiga chet ellik sherik tomonidan berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnomaning asl nusxasi;
· Naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs pasportining asl nushasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
· Naqd chet el valyutasi nomiga topshirilayotgan tashkilot xatining asl nusxasi;
· O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasining asl nusxasi.
Xizmat safari xarajatlarini olish uchun Mijoz ro‘yxatga muvofiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
· Tashkilotning xizmat safari to‘g‘risidagi buyrug‘i;
· Tashkilotning buyrug‘iga binoan xizmat safariga yuborilayotgan shaxs/shaxslarining pasporti asl nusxasi;
· Naqd chet el valyutasini olayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi;
· Naqd chet el valyutasi nomiga beriladigan tashkilot xatining asli;
· Reja-topshiriq;
· Tashkilotning imzosi/muhri bilan tasdiqlangan xizmat safari xarajatlarining hisob-kitobi.
Xizmat safarlari harajatlari normalari 2015 yil 19 noyabrdagi 2730-sonli “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-sonli qaroriga muvofiq quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
· to‘lov import qiluvchining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
· xo‘jalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga.
O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt valyuta operatsiyalari bo‘limiga qo‘shimcha kelishuvni taqdim etadi va Bank tariflari bo‘yicha vositachilik haqini to‘laydi
.
Kreditor qarzdorligini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 216-sonli “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ikkala tomon tarafidan imzolangan qo‘shimcha kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda kreditor qarzdorliklarini yopish mumkin. Kreditor qarzdorliklarini yopish uchun Mijoz Bank tariflariga muvofiq vositachilik haqini to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-sonli Qaroriga muvofiq:
Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Eksport kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — «eksport» bojxona rejimi bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Muddati 180 kundan oshgan qarzdorlik, muddati o‘tgan, deb hisoblanadi.
O‘tkazma shartlarini o‘zgartirish, qaytarish, o‘tkazmani bekor qilish (Bankning aybisiz) to‘g‘risidagi xat, uni SWIFT, TELEX tizimi orqali bajarish uchun qabul qilingandan so‘ng mijoz tomonidan elektron pochta orqali yoki qog‘oz nusxada korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga taqdim etiladi.
Xat bajarilgandan so‘ng, Bank tariflarga muvofiq mijozning hisobvarag‘idan vositachilik haqini ushlab qoladi.
SWIFT, TELEX tizimlari bo‘yicha mablag‘ va pul hujjatlarini qidirish uchun xat mijoz tomonidan elektron pochta orqali yoki qog‘oz nusxada korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga taqdim etiladi.
Sanksiyalangan banklar ro‘yxatini (71)231-60-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki sdn havolasiga o‘tish orqali bilib olish mumkin.
Grant (ingliz tilidan grant – bepul ssuda) - bu maqsadli moliyalashtirishning bir turi, ya’ni aniq belgilangan shartlarda tadbirkorga beriladigan ma’lum miqdordagi mablag‘. Agar bunday shartlar bajarilgan bo‘lsa, grantni qaytarish yoki unga foiz to‘lash shart emas.
Grant TSOYAEATda ro‘yxatga olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 yil 17 dekabrdagi 2536-sonli “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq. tashqi qarz shartnomalari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar Mijoz tomonidan milliy valyutadagi asosiy depozit hisobvarag‘ida ochilgan Bankda amalga oshiriladi.
Ushbu asosiy talabga rioya qilingan holda, Mijoz val@aab.uz pochtasiga quyidagi asl hujjatlarning skanerlangan nusxalari taqdim etiladi: 1) Qarz shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi ariza (xat) va 2) Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan qarz shartnomasi.
Bank tomonidan qabul qilingan hujjatlar tekshirilgandan so‘ng tashqi qarz shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining – ExDebtUz tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. O‘zR MB tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va to‘lov talablariga rioya qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng Bank qarz shartnomasi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni Mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i boshqa tijorat bankiga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalari hisobvarag‘i rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i o‘tkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi. Bunda Mijoz qarz shartnomasiga rekvizitlarni o‘zgartirish to‘g‘risida qo‘shimcha kelishuvni taqdim etishi, Bank esa ushbu ID-kelishuvni O‘zR Markaziy bankining ExDebtUz tizimida asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan Bankka o‘tkazishi shart.
Bankda ro‘yxatdan o‘tgan Mijozlarning tashqi qarz shartnomalari bo‘yicha, Bank tariflariga muvofiq, 1 ta shartnoma uchun oyiga QQS bilan 50 000 so‘m vositachilik haqi undiriladi.
Tashqi qarz shartnomasi va/yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar bo‘yicha valyuta mablag‘larini to‘lash vaqtida Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i operatsiya o‘tkaziladigan joydagi Bankda ochilgan bo‘lishi kerak. Mablag‘larni hisob-kitobi va qaytarish qat’iy ravishda amaldagi va ExDebtUz tizimida ro‘yxatdan o‘tgan qarz shartnomasining shartlari va rekvizitlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar mijozning qarz shartnomasi bo‘yicha to‘lash uchun o‘z valyuta mablag‘lari bo‘lsa, mijoz Bankka valyuta mablag‘larini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini taqdim etadi. O‘z valyuta mablag‘lari mavjud bo‘lmagan holda - chet el valyutasini sotib olish uchun oldindan ariza taqdim etadi.