AVTOKREDIT – “IKKILAMCHI” –Ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun iste’mol krediti (elektromobillar bundan mustasno).
Kredit eng ko’pi bilan 350.0 million so’mgacha bo’lgan miqdorida beriladi.
Kredit sotuvchining hisob raqamiga (sotuvchi jismoniy shaxs bo’lganda, omonat yoki plastik kartochkasiga) o’tkazib berish orqali ajratiladi.
Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foiz va boshlang’ich to’lov miqdorini tanlashlari mumkin:
Kredit muddati |
Foiz stavkasi (yillik) |
*Boshlang’ich to’lov |
Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili |
12 oydan oshmagan muddatgacha |
24% |
15% va undan yuqori |
2021 yil va undan yuqori |
20% va undan yuqori |
2020 yil |
||
25% va undan yuqori |
2019 yil |
||
30% va undan yuqori |
2018 yil |
||
48 oydan oshmagan muddatgacha |
26% |
15% va undan yuqori |
2021 yil va undan yuqori |
20% va undan yuqori |
2020 yil |
||
25% va undan yuqori |
2019 yil |
||
30% va undan yuqori |
2018 yil |
||
60 oydan oshmagan muddatgacha |
27% |
15% va undan yuqori |
2021 yil va undan yuqori |
20% va undan yuqori |
2020 yil |
||
25% va undan yuqori |
2019 yil |
||
30% va undan yuqori |
2018 yil |
Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).
Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.
Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovi (asosiy ta’minot);
- Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik havfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ravishda).
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Kredit olish uchun ariza.
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
4. Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi.
5. Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti.
*O’zini-o’zi band qilgan jismoniy shaxslarga yuqorida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha kredit ajratilishida boshlang’ich to’loviga 5% qo’shib hisoblanadi.
Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Umumiy shartlar
Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog'lanadi, tafsilotlarni aniqlaydi va uchrashuv tashkil qiladi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Ko'p so'raladigan savollar
