Hurmatli mijozlar!

Yangi tarif paketlari joriy etilishi munosabati bilan, 2025-yil 31-yanvardan boshlab «Optimal Plus» tarif paketi faqat yuridik shaxslar uchun amal qilinishini ma'lum qilamiz.

2025-yil 31-yanvargacha Bank bilan bank hisobvaraq shartnomalarini imzolagan va «Optimal Plus» tarif paketidan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tarif paketidan bank hisobvaraq shartnomasini bekor qilish yoki boshqa tarif paketiga o‘tishiga qadar amal qiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun biz yangi «Optimal Tadbirkor» va «Tadbirkor 500» tarif paketlarini taklif qilamiz.

E'tiboringiz va hamkorlik uchun tashakkur!
Hurmat bilan, ATB “ASIA ALLIANCE BANK”.