Hurmatli mijozlar, kundan kunga naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish qulay va ommaviy bo’lib bormoqda.
ASIA ALLIANCE BANK iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida doimiy ravishda karta mahsulotlari turlarini oshirmoqda va bank mijozlari 24/7 rejimida foydalanishi mumkin bo’lgan onlayn bank xizmatlari ro’yxatini kengaytirmoqda.
Bundan tashqari, karta egalarining mablag'larini himoya qilish uchun Bank doimiy ravishda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Shunday qilib, jo'natuvchining kartasidan pul mablag’lari ruxsatsiz yechib olinmasligini ta’minlash maqsadida, "Alliance" mobil ilovasida pul mablag'larini kartadan kartaga o’tkazish (P2P) jarayonida jo'natuvchi operatsiyani tasdiqlash uchun bir martalik kodli SMS-xabar oladi.
Ammo barcha choralar ko'rilganiga qaramay, tobora ko'proq odamlar Internetda turli xil firibgarliklarga duch kelishmoqda. Jinoiy sxemalar tobora ko’payib bormoqda, shuning uchun siz hushyor bo’lishingiz kerak.
Sizdan iltimos qilamiz:
- xaridlarni faqat ishonchli onlayn do'konlari va Internet saytlaridan qiling;
- hech kimga plastik kartangiz ma'lumotlari (raqami va amal qilish muddati)ni bermang;
- Ijtimoiy tarmoqlarda hech qachon bank kartangizning fotosuratini joylashtirmang;
- SMS-xabarnomalar orqali olingan bir martalik tasdiqlash kodlari haqida hech qachon hech kimga xabar bermang.
Ogoh bo'ling!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1403