Asia Alliance Bank Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Bayram tadbiri doirasida ta’lim, fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu hamkorlik zamonaviy kompetensiyalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Asia Alliance Bank barqaror iqtisodiy rivojlanishga va yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 135