Hurmatli mijozlar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, hisobot yili yakunlanishi munosabati bilan "Asia Alliance Bank" ATB tomonidan 2025-yil 26-dekabr Alliance Pay mobil ilovasidagi SWIFT-online xizmati uchun so‘nggi ish kuni etib belgilandi.

Shu munosabat bilan ushbu xizmat orqali pul o‘tkazmalarini yuborish 2025-yil 27-dekabrdan 2026-yil 4-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Xizmat 2026-yil 5-yanvardan boshlab qayta tiklanadi.

Tushunganingiz uchun tashakkur bildiramiz va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.