Aholining keng qatlamiga bank xizmatlarini ommabopligini yanada oshirish hamda eshitish qobiliyati zaif shaxslar uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB O’zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikdagi birinchilardan bo’lib “Surdo - online” Uzbekistan” loyihasida ishtirok etgan edi.

Ushbu xizmat Respublikamiz banklari orasida ilk bor joriy etilgani sababli “Surdo - online” xalqaro ijtimoiy loyiha dasturini ishlab chiqqan Rossiyaning “IT-V” MChJ raxbari Melnik Aleksey hamda O’zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi qoshidagi “IT-UZ” MChJ tomonidan joriy etilgan “Surdo-online” Uzbekistan” loyihasi raxbari Ergashev Hushnud bilan birgalikda 16 yanvar 2019 yil kuni “ASIA ALLIANCE BANK” АTB ga hamkorlik sertifikati tantanali ravishda topshirildi.