Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti Toshkentda hamda Asia Alliance Bank o‘rtasida ta’lim va moliya sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, amaliy tajriba almashish hamda bozor talablariga mos ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma faoliyat uchun mustahkam asos yaratadi.

Hamkorlik doirasida talabalar va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyihalarni rivojlantirish rejalashtirilgan.

Ushbu kelishuv bilimlar, professional rivojlanish va uzoq muddatli taraqqiyotga yo‘naltirilgan barqaror ekotizimni shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.