ASIA ALLIANCE BANK rahbariyati asosiy bo‘linmalar rahbarlari bilan strategik uchrashuv o‘tkazdi.

Rivojlanishning muhim yo‘nalishlari va kelgusi qadamlar - ichki jarayonlarni qanday yaxshilash, xizmatlarni yanada qulay qilish, har bir tashrif, qo‘ng‘iroq yoki onlayn operatsiya mijozlar uchun imkon qadar sodda, tez va qulay bo‘lishi muhokama qilindi.

Biznes o‘zgarishlaridan tortib texnologik yechimlargacha: IT infratuzilmasi, jarayonlashtirish, sotib olish, CRM tizimlari va boshqa ko‘plab sohalar - bularning barchasi mijozlarga yaqinroq bo‘lish, ularning ehtiyojlarini tushunish va ularga tezroq javob berish uchun e’tiborimiz markazida.

Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat. Oldinda - yanada foydali o‘zgarishlar!