20-may kuni Istanbulda ASIA ALLIANCE BANK rahbariyati Ozarbayjonning yetakchi banklaridan biri bo‘lgan Pasha Bank’ning Turkiya filial vakillari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur hujjat xalqaro moliyaviy operatsiyalar, savdo moliyalashtirishini kengaytirish va mijozlarni ichki hamda xalqaro bozorlarda qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Hamkorlik ikki mamlakat qonunchiligini hisobga olgan holda, o‘zaro hurmat, tenglik va manfaatlilik tamoyillariga asoslanadi.
Tashrif doirasida shuningdek, Aktifbank va Ziraat Bank vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlar tarmog‘ini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 161