Asia Alliance Bank hamkorlik doirasini kengaytirmoqda.
Asia Alliance Bank, Multicard to‘lov tashkiloti tomonidan yaratilgan "Rahmat" multiservis to‘lov platformasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
"Rahmat" biznes uchun yagona brend ostida kompleks to‘lov va moliyaviy yechimlarni taqdim etadi hamda to‘lovlarni qabul qilish va operatsiyalarni boshqarish jarayonini yanada qulaylashtiradi.
Mazkur hamkorlik zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va mijozlar tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 316