O‘tgan yili Asia Alliance Bank mijozlari soni 25,8% ga o‘sdi. Bu esa har kuni minglab insonlar mobil ilova, messenjerlar va filiallar orqali murojaat qilayotganini bildiradi. Savollarga tezroq va aniqroq javob berish uchun biz Gorgona AI kompaniyasi bilan hamkorlikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashni boshlamoqdamiz.

Loyiha doirasida nimalar rejalashtirilgan:

- Barcha murojaatlar - bir joyda: turli kanallardan kelgan so‘rovlar bitta interfeysga jamlanadi, bu esa murojaatlarni tezroq saralashga yordam beradi.
- Xodimlarga aqlli yordamchi: AI bankning ichki hujjatlari va tariflari asosida xodimga tayyor javob variantini va u tayanayotgan manbani ko‘rsatib beradi.
- To‘liq xavfsizlik va nazorat: ma’lumotlar faqat bank ichida qayta ishlanadi va hech qanday tashqi servislarga uzatilmaydi. Yakuniy qarorni esa har doim bank xodimi qabul qiladi.

Hozirda tomonlar ishchi guruh tuzish va pilot loyihani tayyorlash bo‘yicha dastlabki bosqichga kirishishdi!