Sizga 2021 yil 4, 11, 18 va 25 dekabr kunlari Oltintepa va Taraqqiyot Bank xizmati markazlarida Золотая Корона, Western Union, Money Gram, Contact, Unistream va Asia Express xalqaro tizimlari orqali xalqaro pul o'tkazmalari amalga oshirilishi to’g’risida ma’lum qilamiz.

Bundan tashqari, MyAlliance mobil ilovasda masofadan turib, Золотая Корона va Сбербанк tizimlari orqali qabul qilingan pul mablag'larni so’m yoki xorijiy valyutadagi plastik kartangizgaga o'tkazish imkoniga egasiz. Sberbank plastik kartalaridan bizning bank kartalariga pul o'tkazmalari 24/7 onlayn rejimida o'tkaziladi.

Quyida navbatchi bank xizmat ko’rsatish markazlarining manzili va telefon raqamlari ko’rsatib o’tilgan:

«Oltintepa» BXM –Toshkent sh, Oltintepa k, 39-uy/ tel. (71) 269-58-72.

«Taraqqiyot» BXM- Toshkent sh, Islom Karimov k, 17-uy/ tel. (71) 256-25-51.

Shuningdek, «ASIA ALLIANCE BANK» АTB Boshqaruv Raisi tomonidan tasdiqlangan Bosh bank va Amaliyot boshqarmasida 2021-moliya yilini yakunlashga tayyorgarlik bo’yicha ish rejasiga muvofiq, pul o’tkazmalari tizimlari bilan o’zaro hisob-kitob qilish muddatlaridan kelib chiqib, 2021 yil uchun so’nggi amaliyot kuni 28-dekabr deb belgilanishi haqida ma’lum qilamiz. Mijozlar tomonidan online tarzda pul jo’natmalarini qabul qilish Золотая Корона hamda Сбербанк tizimlari orqali mobil ilova yordamida uzluksiz qabul qilinishi odatiy ravishda davom etadi.