Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  20 Aprel 2020, 17:29

20 Apr 2020

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiy tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi №PF-5978-sonli Farmoniga muvofiq, Bank tomonidan faoliyat yuritishiga amaldagi karantin rejimi bevosita salbiy ta'sir ko'rsatgan, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo'jalik yurituvchi subyektlarga shart-sharoitlar yaratish hamda kredit to’lovlarni tijorat banklariga to’lash tartibini 2020-yil 1-oktabriga qadar uzaytirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda.

Soddalashtirish va masofadan turib qaror qabul qilish uchun Bank tomonidan kredit qarzlari bo'yicha to'lovlarni kechiktirish masalalari bo'yicha yozma ariza shakli (ariza shaklini bu erda dan yuklab olish mumkin), shuningdek kredit qarzlari bo'yicha imtiyozli davr taqdim etish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kun ichida barcha imzolanishi zarur bo’lgan hujjatlar shakllari ishlab chiqildi.

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB joriy davrda kredit qarzlarini to'lash uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan qarzdorlarga kredit shartnomalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq qarzlarni o’z vaqtida to'lashni davom ettirishlarini tavsiya qiladi.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB o'z mijozlarini qadrlaydi va ularga g'amxo'rlik qiladi. Birgalikda biz har qanday qiyinchiliklarni engamiz!

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 242

Valyuta kurslari

26.05.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10139.3
1 EUR = 11051.84
1 RUB = 141.35
1 GBP = 12333.44
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech