Hurmatli mijozlar! 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining talabiga asosan, 2026-yil 29-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha banklari xalqaro moliyaviy xabar almashish standarti ISO 20022 (MX xabarlari) formatiga o‘tishi lozim. 

Ushbu o‘tish munosabati bilan, SWIFT tizimida foydalanilayotgan eski MT (FIN) xabarlari 2026-yil 24-avgustdan boshlab qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Asia Alliance Bank tizimida ISO 20022 formatida ishlashni boshlagan holda, xalqaro to‘lovlarni rasmiylashtirish bo‘yicha savollar yoki texnik muammolar paydo bo‘lsa, iltimos, valyuta operatsiyalari bo‘limiga murojaat qiling.