Turkiyaga pul yuborish yanada osonlashdi!
Alliance Pay mobil ilovasida Turkiyaga xalqaro pul oʻtkazmalarining yangi xizmati ishga tushdi. Endi siz yaqinlaringizga pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri smartfoningizdan - bank filialiga bormasdan, onlayn tarzda yuborishingiz mumkin.
Oddiy va qulay
Oʻtkazmani Alliance Pay mobil ilovasida rasmiylashtiring va mablagʻni soʻmda yuboring. Pullar avtomatik ravishda mahalliy valyutaga - turk lirasiga konvertatsiya qilinadi.
Amaliyotni tasdiqlashdan oldin, oʻtkazmaga oid barcha kerakli maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ilovaning oʻzida koʻrishingiz mumkin.
Nima uchun bu qulay?
• pul o‘tkazmasi to‘liq onlayn rasmiylashtiriladi;
• pul o‘tkazmasi to‘liq onlayn rasmiylashtiriladi;
• bank filialiga borish shart emas;
• mahalliy valyutaga avtomatik konvertatsiya;
• o‘tkazmaning barcha shartlari operatsiya tasdiqlangunga qadar ilovada aks ettiriladi.
Zamonaviy bank xizmatlaridan foydalaning va Alliance Pay mobil ilovasi orqali Turkiyaga xalqaro pul oʻtkazmalarini tez, xavfsiz hamda qulay tarzda amalga oshiring!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 0
Shuningdek qarang: