Hurmatli bank mijozlari!
Sizlarga maʼlum qilamizki, 2025-yil 19-maydan boshlab Tashqi savdo axborot tizimi – «E-Contract» toʻliq rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi. Tashqi savdo shartnomalari bo’yicha maʼlumotlarni Exim.mift.uz, VED-kontrakt, AIS kontrakt platformalari orqali kiritish imkoni boʻlmaydi.
«E-Contract»ga https://contract.customs.uz/ manzili orqali ERI yoki USB-token yordamida kirishingiz mumkin. Tizimning funksional imkoniyatlari «E-Сontraсt» ishlab chiquvchilari tomonidan tayyorlangan qo’llanmada batafsil yoritilgan va video shaklida ham taqdim etilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotni rasmiy Telegram guruhi orqali yoki O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining quyidagi telefon raqamiga murojaat qilib olishingiz mumkin: +998 55 502 76 00 (ichki raqamlar: 78-02, 78-03, 78-04, 78-05, 78-06, 78-07, 78-09).
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 254