Aholining keng qatlamiga bank xizmatlarining yanada ommabopligini oshirish hamda eshitish qobiliyati zaif shaxslar uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB O’zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikda Respublikamiz banklari orasida birinchi bo’lib ««Surdo-online» Uzbekistan» loyihasida ishtirok etib, eshitish qobiliyati zaif shaxslarga “Surdo-onlayn” tizimi orqali xizmat ko’rsatishni joriy qildi.

“Surdo-onlayn” xizmati Rossiya Federatsiyasi va Qozog’iston Respublikasida ma’qullangan bo’lib ijobiy qo’llanmoqda. “Surdo-onlayn” xizmatiga asosan eshitish qobiliyati zaif shaxslar bankimizga murojaat qilganda, maxsus markazda joylashgan surdo-tarjimonlar bilan masofaviy videoqo’ng’iroq orqali bog’langan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Xozirgi kunda “Surdo-onlayn” tizimining masofaviy tarjima xizmati Toshkent shahar Olmazor tumani, Shimoliy olmazor ko’chasi, 13b-uy manzilida joylashgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Olmazor filialida taqdim etilmoqda.