Masofadan xizmatlarni rivojlantirish va mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida, MyAlliance jismoniy shaxslar uchun mobil ilovasi orqali toʻlovlarni qabul qiluvchi tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning roʻyxati kengaydi.  

Endilikda quyidagilar:

- BORIGA BARAKA televiktorinasida ishtirok etish;

- TNET internet provayderining xizmatlari;

- www.Megatorg.uz saytida Bepul e’lonlar peshtaxtasidan foydalanish;

www.lardi-trans.uz transport-axborot serveridan foydalanish;

www.crediton.uz veb-saytidan texnikani sotib olish;

- www.investme.uz veb-saytida Investitsiyalash (Investfanding, Fandrayzing va Kraudfanding) boʻyicha xizmatlar;

- www.mobitel.uz saytida mobil uskunalar foydalanuvchilari uchun axborot va koʻngilochar servislaridan foydalanish;

www.unishop.uz saytida Onlayn doʻkonidan xaridlar;

- E-IMZO.UZ portalida elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish;

- SADO mobil ilovasi orqali fonogrammalar, video va audiovizual asarlarni eshitish boʻyicha xizmatlar;

- www.abitur.uz veb-saytida elektron dasturiy materiallarni taqdim qilish boʻyicha yetkazib beruvchining xizmatlari uchun ham haq toʻlash mumkin.

MyAlliance jismoniy shaxslar uchun mobil ilovasi orqali toʻlovlarni qabul qiluvchi tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning toʻliq roʻyxati http://aab.uz/uz/private/myalliance/ da joylashtirilgan.