Hurmatli mijozlar!

Yangi yil bayrami munosabati bilan "ASIA ALLIANCE BANK" ATBda 2024-yil 28-dekabrdan 2025-yil 2-yanvargacha dam olish kunlari e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.

Biroq, bankning quyidagi navbatchi bo‘linmalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha valyuta ayirboshlash amalga oshiriladi:
- 2024-yil 28 va 30-dekabr kunlari Toshkent shahri, Oltintepa ko‘chasi, 39-uy manzilida joylashgan "Oltintepa" Bank xizmatlari markazida. Telefon: (+99871) 231-60-00;
- 2024-yil 29-dekabr va 2025-yil 2-yanvar kunlari Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan "Taraqqiyot" Bank xizmatlari markazida. Telefon: (+99871) 231-60-00;
- 2024-yil 31-dekabr kuni bankning Toshkent shahar, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy manzilida joylashgan Bosh ofisi huzuridagi Amaliyot boshqarmasida.

2025 yil 3 yanvardan boshlab bankning barcha bo‘linmalari shtat rejimida ish boshlaydi!