Hurmatli mijozlar!

Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 2025-yil 20-maydan boshlab bankimizda yangi «Astrasend» xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.

Endi Rossiya va qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga yuborilgan pullarni olish yanada oson va tez bo‘ldi!

«Astrasend» - bu tranzaksiyalarning yuqori tezligi va xavfsizligini ta’minlaydigan ishonchli va qulay xalqaro o‘tkazmalar usuli. 

Xizmatdan bankimizning istalgan ofisiga tashrif buyurib foydalanishingiz mumkin. Pul o‘tkazmasini olish qisqa vaqt ichida, qulaylik bilan va ortiqcha kutishlarsiz amalga oshiriladi.

Batafsil: https://astrasend.ru